Geografiya ta’limi vositalari r e j a


Download 314.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.03.2023
Hajmi314.86 Kb.
#1278415
1   2   3
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA’LIMI VOSITALARI

To‘rtinchi talab-ta’lim usulining samaradorligi, uning o‘quv 
materialini mustahkam egallashga qaratilganligidir. 
Beshinchi talab-o‘z ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llash va 
uni muntazam o‘rganish. 
Nazariya va amaliyotda ta’lim usullari bilan bog‘liq 
yangiliklarni doimo o‘rganib borish lozim. Geografiya o‘qitish 
usullari haqida so‘z borar ekan “uslub”, “usul” degan so‘zlar 
yonma-yon uchraydi. Uslub, usul bir-biridan ba’zan farq qilmaydi, 
bir xil ma’noda yuritib kelinadi. Masalan, xaritalarni solishtirish-
taqqoslash uslub deb yuritiladi. Bu noto‘g‘ri, chunki xaritalarni 
solishtirish uslub emas, balki u solishtirish usulidir. O‘zbek tilidagi 
mavjud qo‘llanmalarda taqqoslash ham, solishtirish ham birdek 
taqqoslash 
deb 
ishlatiladi. 
Bu 
chalkashlikdir. 
Taqqolash-
o‘rganilayotgan geografik obektni ilgari o‘rganilgan obekt bilan 
taqqoslash tufayli o‘ziga xos xususiyalarni ochib beradi. masalan, 
Janubiy Amerika cho‘lini Osiyo cho‘li bilan Sirdaryoni Yenisey 
bilan taqqoslab, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib beriladi. 
Taqqoslash og‘zaki bayon uslubining usulidir. 
Solishtiri-xaritalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir 
geografik obektga xos bo‘lgan obekt va xodisalarning sabablarini 
aniqlashdan iborat. Masalan, turli mazmundagi xaritalar solishtirilib, 


tahlil etiladi. Solishtirish-kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash 
uslubining bir usulidir. Uslub-usullar yig‘indisidan iborat. Usul esa 
uslubning tarkibiy qismidir. 
Geografiyaga xos bo‘lgan xarita bilan ishlash uslubi bir 
necha usullarni o‘z ichiga oladi. Masalan, a) xarita bo‘ylab sayohat, 
b) yozuvsiz xaritaga geografik obektlarni tushirish, v) xaritalarni 
solishtirish va h.k. Ba’zi geografiyani o‘qitish usullarni bir necha 
uslub tarkibiga ham kiritish mumkin. Demak, uslub usulga, usul esa 
o‘z navbatida uslubga aylanishi mumkin. Usullar turlicha bo‘lishi 
mumkin. 
Ayrim hollarda bir usul bir necha xil uslub tarkibida ishtirok 
etishi mumkin. Masalan, taqqoslash usuli og‘zaki bayon, suhbat, 
xarita bilan ishlash uslublarida ishtirok etishi mumkin. Demak, 
uslub bilan usul o‘rtasida uzviy bog‘lanish bor. 
Ta’lim usullarining tasnifi shu tarzda kelib chiqadiki, bu narsa 
o‘qituvchiga 
o‘quvchilarning 
o‘quv 
materialini 
egallash 
shakllaridagi o‘xshash va tafovvut qiladigan jihatlarni chuqurroq 
anglab olishda hamda o‘z o‘qituvchilik faoliyatini muvaffaqiyatliroq 
tashkil etishda yordam beradi. ta’lim usullari muayyan belgilariga 
ko‘ra guruhlarga ajratiladi. Hozirgi kunda ta’lim nazariyasi va 
geografiya ta’limida quyidagi tasnif keng tarqalgan: 
I. Bilim olishning asosiy manbalariga ko‘ra: 
1) og‘zaki – bayon (hikoya, tushuntirish, ma’ruza) 
2) suhbat 
3) kartografik qo‘llanmalar bilan ishlash 


4) ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan ishlash 
5) kuzatish va tajribalar 
6) raqamli materiallar bilan ishlash 
7) darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash 
8) amaliy usullar. 
II. Didaktik maqsadlarga ko‘ra: 
1) yangi materialni o‘rganish 
2) bilimlarni mustahkamlash 
3) bilim, ko‘nikma, malakalarni tekshirish usullari. 
IY. Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati 
bo‘yicha (I.Y. Lerner va M.Y.Skatnin bo‘yicha): 
1) izohli-ko‘rgazmali usul 
2) reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash usuli 
3) muammoli bayon 
4) qisman izlanuvchan usul 
5) tadqiqot usuli. 
Didaktik S.G. Shapovalenko usullari tasnifi asosida geografiya 
ta’limi usullarini 3 ta guruhga ajratish mumkin: 
1. Og‘zaki usullar 
2. Ko‘rgazmali usullar 


3. Amaliy usullar. 
Yuqoridagi barcha usullarni shartli ravishda ikki: “Yangi bilim 
olish usullari” va “Olingan bilimlarni qayta tiklash usullari”ga 
ajratish mumkin. Har bir ta’lim usuli bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan 
ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan birlashib turadi. 
Ko‘pchilik pedagoglar ta’limida faol va sust usullarni ham 
ajratadilar. Bu unchalik to‘g‘ri yo‘l emas, chunki barcha usullar ham 
o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish 
mumkin. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘pgina omillarga: 
xususan o‘quv materialining murakkabligi, nazariy bilimlar hajmi, 
sinfning darajasi, o‘quvchilarning mustaqil ishlarni qay darajada 
bajara olish qobiliyati va hokazolarga bog‘liq. Ayrim usullar 
o‘quvchilarda esda saqlab qolishni, ayrimlari fikrlashni, ba’zilari 
xis-hayajonni rivojlantiradi. 
Har bir usul ijobiy va salbiy tomonlarga ega. Masalan, hikoya 
va ma’ruza usullarini qo‘llash shu paytda yaxshi natija beradiki, 
qachonki o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq kuchli bo‘lsa. 
Savol-javob usuli bilan dars o‘tish o‘quvchilardan ko‘p vaqt va 
mahorat talab qilishi bilan birga o‘quvchida ham zarur bilimlar 
bo‘lishini taqozo etadi yoki muammoli hamda tadqiqot usullarini 
qo‘llash uni uyushtirish uchun ko‘p vaqt va o‘qituvchilardan kuchli 
bilim talab etadi. Biror usulni tanlagan paytda albatta 
o‘quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi, ta’lim vositalari bilan 
ta’minlanganlik darajasi e’tiborga olinishi kerak. 


Ta’lim usullari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda 
dolzarb vazifalardan biridir. Bir yoki bir necha usulni afzal bilish 
qiyin. Bunga har tomonlama yondoshish zarur. Ta’limdagi 
muvaffaqiyatni ta’lim usullari tizimi ta’minlaydi. Usullardan har 
birining afzallilklari namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos sharoitlarni 
bilish kerak. Ana shunday har tomonlama yondoshishni ishlab 
chiqish eng istiqbolli yondoshishdir. 
Ta’lim usullarida o‘qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi 
ruhiy-pedagogik, uslubiy va maxsus ilmiy tayyorgarligi namoyon 
bo‘ladi. Huddi ana shu omillar ta’lim uslublari samaradorligini 
belgilaydi. Muayyan usul yaxshi tayyorgarligi bo‘lgan o‘qituvchida 
shu usulning o‘zi salbiy jihatlarini namoyon qiladi. Shu sababli 
ta’lim usullari samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchining 
tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Usullarni noto‘g‘ri 
tanlash o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni sust egallashiga 
sabab bo‘ladi. 
Geografiya 
ta’limida 
xaritalarni, 
rasmlarni 
tanlashda 
izchillikning bo‘lmasligi ham bilimlarning sust o‘zlashtirilishiga 
sabab bo‘ladi. Masalan, VII sinfda “Afrika tabiat zonalari” 
mavzusida o‘quvchilar “Ekvatorial o‘rmon”, “Savanna”, “Saxro” 
kabi tushunchalarni egallashlari kerak. Bunda dastlab o‘qituvchi 
o‘quvchilarda yuqoridagi tabiat mujassamalarining tasvirini 
(ko‘rinishi) o‘quvchilar ko‘z oldida gavdalantirishi, keyin esa uni 
xaritadagi o‘rni bilan bog‘lab ularda tabiiy-hududiy mujassamalar 
turli – tumanligi haqida o‘quvchilar zarur bilimga ega bo‘ladilar. 


Usul tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq: 
1. Usul mavzuning mazmuniga to‘g‘ri kelishi kerak; 
2. O‘quvchilarning bilish qobiliyatini hisobga olish
3. Geografik bilimlarning xususiyatlari hisobga olinishi kerak. 
Geografik bilimlar bilishning xususiyatiga qarab quyidagi 
turlarga bo‘linadi: 
A) geografik voqea va hodisalarni tashqi ko‘rinish haqidagi 
bilimlar; 
B) geografik voqea va hodisalarning fazoda joylanishi haqidagi 
bilimlar; 
S) geografik voqea va hodisalarni xossalari to‘g‘risidagi 
bilimlar; 
D) geografik jarayonlar haqidagi bilimlar; 
YE) geografik voqealikning tuzilishi haqidagi bilimlar; 
J) geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqalar haqidagi 
bilimlar. Bu bilimlarning har biri alohida o‘qitish usullarini 
qo‘llashni talab qiladi. 
4. Qo‘llaniladigan usullar quyidagi talablarga javob berishi 
kerak: 
A) usul tarbiyaviy bilishi kerak, ya’ni o‘quvchilarning 
rivojlanishiga, qiziqishlariga ta’sir ko‘rsatish kerak; 
B) usul ilmiy bo‘lishi kerak, usul ilmiy jihatdan qanchalik 
asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi; 
S) usul ommabop bo‘lishi kerak; 


D) usul samarador bo‘lishi kerak, ya’ni o‘quv materialini 
mustahkam egallashga qaratilgan bo‘lishi kerak; 
YE) ish faoliyatida ilg‘or tajribalarni qo‘llash va uni muntazam 
o‘rganish kerak.
IY. Fikrlash faoliyati va bilim olish faolligi xususiyati 
bo‘yicha (I.Y. Lerner va M.Y.Skatnin bo‘yicha): 
1) izohli-ko‘rgazmali usul 
2) reproduktiv yoki olingan bilimlarni qayta tiklash usuli 
3) muammoli bayon 
4) qisman izlanuvchan usul 
5) tadqiqot usuli. 
Didaktik S.G. Shapovalenko usullari tasnifi asosida geografiya 
ta’limi usullarini 3 ta guruhga ajratish mumkin: 
1. Og‘zaki usullar 
2. Ko‘rgazmali usullar 
3. Amaliy usullar. 
Yuqoridagi barcha usullarni shartli ravishda ikki: “Yangi bilim 
olish usullari” va “Olingan bilimlarni qayta tiklash usullari”ga 
ajratish mumkin. Har bir ta’lim usuli bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan 
ta’limiy va tarbiyaviy tomonlar bilan birlashib turadi. 
Ko‘pchilik pedagoglar ta’limida faol va sust usullarni ham 
ajratadilar. Bu unchalik to‘g‘ri yo‘l emas, chunki barcha usullar ham 
o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llanilsa, o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish 
mumkin. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘pgina omillarga: 


xususan o‘quv materialining murakkabligi, nazariy bilimlar hajmi, 
sinfning darajasi, o‘quvchilarning mustaqil ishlarni qay darajada 
bajara olish qobiliyati va hokazolarga bog‘liq. Ayrim usullar 
o‘quvchilarda esda saqlab qolishni, ayrimlari fikrlashni, ba’zilari 
xis-hayajonni rivojlantiradi. 
Har bir usul ijobiy va salbiy tomonlarga ega. Masalan, hikoya 
va ma’ruza usullarini qo‘llash shu paytda yaxshi natija beradiki, 
qachonki o‘quvchilarda bilim olishga ishtiyoq kuchli bo‘lsa. 
Savol-javob usuli bilan dars o‘tish o‘quvchilardan ko‘p vaqt va 
mahorat talab qilishi bilan birga o‘quvchida ham zarur bilimlar 
bo‘lishini taqozo etadi yoki muammoli hamda tadqiqot usullarini 
qo‘llash uni uyushtirish uchun ko‘p vaqt va o‘qituvchilardan kuchli 
bilim talab etadi. Biror usulni tanlagan paytda albatta 
o‘quvchilarning bilish faoliyati, aqliy darajasi, ta’lim vositalari bilan 
ta’minlanganlik darajasi e’tiborga olinishi kerak. 
Ta’lim usullari samaradorligini oshirish hozirgi sharoitda 
dolzarb vazifalardan biridir. Bir yoki bir necha usulni afzal bilish 
qiyin. Bunga har tomonlama yondoshish zarur. Ta’limdagi 
muvaffaqiyatni ta’lim usullari tizimi ta’minlaydi. Usullardan har 
birining afzallilklari namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos sharoitlarni 
bilish kerak. Ana shunday har tomonlama yondoshishni ishlab 
chiqish eng istiqbolli yondoshishdir. 
Ta’lim usullarida o‘qituvchining qiyofasi, uning dunyoqarashi 
ruhiy-pedagogik, uslubiy va maxsus ilmiy tayyorgarligi namoyon 
bo‘ladi. Huddi ana shu omillar ta’lim uslublari samaradorligini 


belgilaydi. Muayyan usul yaxshi tayyorgarligi bo‘lgan o‘qituvchida 
shu usulning o‘zi salbiy jihatlarini namoyon qiladi. Shu sababli 
ta’lim usullari samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchining 
tayyorgarlik darajasi muhim ahamiyatga ega. Usullarni noto‘g‘ri 
tanlash o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni sust egallashiga 
sabab bo‘ladi. 
Geografiya 
ta’limida 
xaritalarni, 
rasmlarni 
tanlashda 
izchillikning bo‘lmasligi ham bilimlarning sust o‘zlashtirilishiga 
sabab bo‘ladi. Masalan, VII sinfda “Afrika tabiat zonalari” 
mavzusida o‘quvchilar “Ekvatorial o‘rmon”, “Savanna”, “Saxro” 
kabi tushunchalarni egallashlari kerak. Bunda dastlab o‘qituvchi 
o‘quvchilarda yuqoridagi tabiat mujassamalarining tasvirini 
(ko‘rinishi) o‘quvchilar ko‘z oldida gavdalantirishi, keyin esa uni 
xaritadagi o‘rni bilan bog‘lab ularda tabiiy-hududiy mujassamalar 
turli – tumanligi haqida o‘quvchilar zarur bilimga ega bo‘ladilar. 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 
 
1. Qurbоnniyozоv R. “O’zbеkistоn gеоgrаfiyasi” qiziqаrli sаvоl 
vа tоpshiriqlаr. Tоshkеnt. O’qituvchi, 1997 y.
2. Qurbоnniyozоv R. Eshchоnоv G. “Gеоgаfik mаdаniyatni 
shаkllаntirish” Urgаnch, 1998 y 
3. Qurbоnniyozоv R. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” Urgаnch. 
2001 
4. Bаrоtаliеv U. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” (mа’ruzа 
mаtni). Tеrmiz, 2003 y 
5. Vаhоbоv H., Zаynutdinоv А. “Gеоgrаfiya o’qitish 
mеtоdikаsi”. Tоshkеnt. 2000 y 
6. Gеоgrаfiya dаrsliklаri. Tоshkеnt. O’qituvchi. 2005 – 2006 y 

Download 314.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling