Geografiya ta’limi vositalari r e j a
Download 314.86 Kb. Pdf ko'rish
|
GEOGRAFIYA TA’LIMI VOSITALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi talab
- Ikkinchi talab
- Uchinchi talab
Ta’lim uslublari-o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar faoliyatini
belgilaydigan ish usullari bo‘lib, o‘quv materialini nazariy va amaliy o‘zlashtirish shaklidir. Ta’lim usullari o‘quvchilarga bilim berish, ko‘nikma va malakalarni egallash bilangina cheklanib qolmaydi. Ta’lim usullari deyilganda, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini shakllantiradigan, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishga o‘rgatadigan, ularda ilmiy bilimiga asoslangan to‘g‘ri dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan usullar tushuniladi. Ta’lim usullari uchun 2 ta asosiy narsa xos: 1. Usullar o‘qituvchi faoliyati yo‘l-yo‘riqlari bo‘lib, o‘quvchilar faoliyatini belgilashga yordam beradi. 2. Ta’lim usullari faqat bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish bilangina cheklanmasdan balki o‘quvchilarda ijodiy faoliyat, bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi. Ta’lim usullari o‘qitishning umumiy va aniq maqsadlariga ham maktab ta’limining mazmuniga ham bog‘liq. Ta’lim usullari ko‘p hollarda o‘quvchilarning ruhiyati yosh xususiyatlarini e’tiborga olishni talab qiladi. Uni tanlash maktabning moddiy-texnika ta’minotiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Chunki o‘qituvchi ta’lim usulini tanlar ekan, maktabda mavjud bo‘lgan texnika vositalarini va ulardan foydalanish imkoniyatlarini hisobga oladi. O‘qitish usullari pedagogikada maktab joylashgan sharoitga, hamda o‘qituvchilar tajribasida tarkib topgan an’analarga ham bog‘liq. Masalan, o‘qituvchi o‘z ishiga alohida tus bag‘ishlaydigan muayyan usullardan foydalanishni afzal ko‘radi. Ilmiy-texnika jarayoni sharoitida an’anaviy usullarni takomillashtirishga va yangi uslublarni izlab topishga tobora jiddiy talablar qo‘yilmoqda. Ta’lim usullari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ta’lim usullari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak: Birinchi talab-usulning tarbiyaviyligi. Bunda har qanday usul o‘quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlarini, e’tiqod, xis-tuyg‘u qarashlarga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’limning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirish usulning tanlanishiga bog‘liq. Ikkinchi talab-usulning ilmiyligi. Dars berish va ta’limning har qanday usuli o‘quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. Usul ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo‘lsa, shunchalik ravshan va aniq bo‘ladi. Eng muhimi shundaki biror usul yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumukinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatining qanday turlarini talab qilishini va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko‘ra bilish kerak. Usluning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni, qonuniyatlarni to‘g‘ri anglanishini ta’minlaydi va o‘quvchilarni to‘g‘ri ilmiy tasavvurga olib boradi. Uchinchi talab-usulning ommabopligi. Bunda o‘quvchilar rivojlanishining pedagogik-ruhiy imkoniyatlari ee’tiborga olinadi. Agar usul o‘quvchilarda mavhum tafakkurni ham e’tiborga olib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling