IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
158
Boltiq bo‗yi erkin savdo hududiga – Estoniya, Latviya, Litva davlatlari kiradi
(1993-yilda tashkil etilgan).
Markaziy Yevropa erkin savdo hududi 1992-yilda tuzilgan bo‗lib, uning
tarkibiga – Chexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya mamlakatlari kiradi.
Shimoliy Amerika erkin savdo hududi (1994-y.) a‘zolari – Kanada, Meksika,
AQSh davlatlari.
ASEAN mamlakatlari erkin savdosi haqida kelishuvi (1992-y.) – Bruney,
Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tayland davlatlarini birlashtiradi.
Iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi haqida Avstraliya va Yangi Zelandiya
savdo kelishuvi (1983-y.) tashkil etilgan.
Bangkok kelishuvi (1993-y.) – Bangladesh, Hindiston, Koreya Respublikasi,
Laos, Shri-Lanka davlatlaridan iborat.
Iqtisodiy ittifoq
– integratsiyaning oliy shakli bo‗lib, bunda qatnashuvchi
mamlakatlar o‗z iqtisodiy siyosatlarini, shu jumladan, pul, soliq va ijtimoiy
siyosatlarini, shuningdek, savdoga hamda ishchi kuchi va sarmoya ko‗chib
yurishiga nisbatan siyosatni muvofiqlashtiradilar. Unda bojxona tariflari, tovar va
ishlab chiqarish omillari, mikroiqtisodiy siyosat koordinatsiyalari, valyuta, budjet,
pul sohalarida qonunchilikning unifikatsiyasi ko‗rib chiqiladi.
Dunyoning iqtisodiy ittifoqiga – Yevropa hamjamiyati (YH), keyinroq
Yevropa Ittifoqi
(1993-y.) a‘zo bo‗ldi. Hozirgi kunda Yevropa ittifoqqiga 27 ta
mamlakat qo‗shilgan. Ular quyidagilar: Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya,
Germaniya, Gretsiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Litva,
Latviya, Kipr, Gollandiya, Portugaliya, Polsha, Ruminiya, Sloveniya, Slovakiya,
Serbiya, Fransiya, Finlandiya, Shvetsiya, Chexiya, Estoniya, Xorvatiya.
Benilyuks
iqtisodiy ittifoqi (1948-y.) – Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg
davlatlarining integratsion faoliyatidan vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |