IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
161
Ushbu hudud hisobiga hozirda 565 turdagi dunyo yalpi ichki mahsulotlarini ishlab
chiqarish va jahon eksporti va importining 45 foizlik ulushi to‗g‗ri kelmoqda.
Osiyo-Tinch okeani hududi integratsion jarayonlarining o‗ziga xos
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
bu integratsiyaga iqtisodiyoti rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar jalb
etiladi;
integratsiya jarayonlari hududidagi mamlakatlar firma va korporatsiyalari
o‗rtasida, asosan, makroiqtisodiy darajalarning yuqoriligi;
integratsiya jarayonlarining maxsus alohida hududlarda yuqori darajada
ro‗y berishi;
integratsiya jarayonlari yuqori tayyorgarlikda tashkil etilmagan hududlarni
rivojlantirishi;
mavjud integratsion guruhlarning aniq rasmiylashtirilmaganligi.
Osiyo-Tinch okeani hududi bir qator subregional birlashmalar, ya‘ni Janubi-
Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN). Osiyo-Tinch okeani
iqtisodiy hamjamiyati tashkiloti (ATEC) – Avstraliya, Yangi Zelandiya erkin
savdo hududi, Janubi-Tinch okean forumi (YuTF), Tinch okeani iqtisodiy soveti
(TES)dan tashkil topgan.
Osiyo-Tinch okeani hududi jarayonlarida asosiy rolni Yaponiya o‗ynaydi.
So‗nggi yillarda uning yoniga ―Osiyo yo‗lbars‖lari (Janubiy Koreya, Tayvan,
Singapur, Gonkong) hamda AQSH va Xitoy qo‗shildi. Hozirda integratsiya
jarayonlari faollashayotgan yana bir birlashma Janubiy-Sharqiy Osiyo (ASEAN)
mamlakatlari bo‗lib, u 1967-yilda olti mamlakat – Bruney, Indoneziya, Malayziya,
Filippin, Singapur, Tailand negizida tashkil topgan. 1995-yilga kelib, ular safiga
Vyetnam ham qo‗shildi. ASEAN mamlakatlari bir-biri bilan o‗zaro yuqori
darajada integratsiyalashuvga kirishdilar va shu bilan birga, Yaponiya, AQSh,
Do'stlaringiz bilan baham: |