IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
162
Janubiy Koreya, Tayvan va so‗nggi yillarda Xitoy bilan ham bu aloqalarni
kuchaytirgan.
1989-yilda tashkil topgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamjamiyati
tashkiloti (ATEC) Janubiy Osiyoda iqtisodiy integratsiya taraqqiyotini
rivojlantirdi. Uning tarkibiga 21 ta Osiyo va Janubiy hamda Shimoliy Amerika
mamlakatlari kiradi. 1997-yilda esa, ular qatoriga Rossiya ham qo‗shildi. ATES
rejasiga ko‗ra, dunyo erkin savdo hududida bu mamlakatlar boj va ichki baryerlar
to‗lovidan ozod etilgan.
Integratsion jarayonlar Yer sharining turli hududlarida, turli qit‘alarda jadal
holda rivojlanmoqda. Ya‘ni, Afrika, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi, Avstraliya va
Okeaniya, Markaziy Osiyoda, 1989-yilda Afrika kontinentining shimoliy qismida
Jazoir, Liviya, Mavritaniya, Marakko, Tunislardan iborat Mag‗rib arab ittifoqi
tuziladi. 1981-yilda esa Fors ko‗rfazi atrofidagi arab davlatlari (Saudiya
Arabistoni, Quvayt, Qatar, Bahreyn, BAA, Ummon)dan iborat hamjamiyat
kengashi (soveti) tashkil etilgan. Sobiq Sovet ittifoqi respulikalari 1991-1993-yillar
mobaynida MDH doirasida Iqtisodiy ittifoqni shakllantirishga harakat qildilar.
1992-yilda esa Eron, Pokiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‗iston va O‗rta Osiyo
mamlakatlaridan iborat Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyat tashkiloti
tuzilganligi e‘lon qilindi.
1996-yilda Rossiya va Belorus hamkorligi, 1995-yilda esa Yevrosiyo
iqtisodiy hamkorligi (Rossiya, Belorussiya, Qozog‗iston, Qirg‗iziston, Tojikiston
davtlari) bojxona ittifoqi va yagona iqtisodiy makon to‗g‗risida, 1998-yilda
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorligi tashkilotini (Qozog‗iston, O‗zbekiston,
Qirg‗iziston va Tojikiston davlatlari) tuzdilar. Xitoy, Rossiya, Qozog‗iston,
O‗zbekiston Tojikiston va Qirg‗iziston davlatlari Shanxay Iqtisodiy Hamkorligi
tashkilotini keyinchalik esa uning negizida Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligi
tashkilotini barpo etdilar. Kelajakda ushbu tashkilotga a‘zo bo‗lib kirish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |