IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
171
munosabatlarini ham yuzaga keltiradi. Chunki iqtisodiy taraqqiyot yo‗li yangi
tizim zaminida inson manfaatini yuzaga chiqarish, uning mehnatini qadrlash,
aholining nochor qatlamini sotsial himoyalash maqsadlari yotadi. Bozor
iqtisodiyoti tajribasi uning amal qilish mexanizmi ijtimoiy yangilanishning eng
samarali vositasi hisoblanadi, u xalqning ijodiy va mehnat salohiyatini to‗la ishga
tushiradi, boqimandalik va tekinxo‗rlik kayfiyatiga chek qo‗yadi. Iqtisodiy
tashabbus va ishbilarmonlikni rivojlantiradi. Har bir kishining milliy boylikni
o‗stirish mas‘uliyatini oshiradi, har bir kishini boy qilish orqali jamiyatni ham
boyitib boradi.
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda qonuniyatlar bilan bir qatorda
tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-demografik va ijtimoiy-ekologik omillar ham
muhim o‗rin tutadi. Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish omillari ishlab
chiqarish korxonalari, korxonalar guruhi, milliy xo‗jalik tarmoqlarini oqilona
joylashtirish uchun hisobga olinmog‗i lozim. Ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirishdagi omillarni, ularning belgilovchi roliga ko‗ra, 4 guruhga bo‗lish
mumkin:
Tabiiy
omillar;
Ijtimoiy-iqtisodiy
omillar;
Ijtimoiy-demografik
omillar;
Ijtimoiy-ekologik
omillar.
1. Ishlab chiqarish kuchlarining tabiiy omillari – tabiiy sharoit va tabiiy
resurslarning iqtisodiyotning tarmoq hamda rayonlarning rivojlanishiga ta‘siridan
iborat. Bunda yer resurslari, foydali qazilmalarning joylashishi, miqdori, sifati,
foydalanish darajasi, iqlim va suv resurslari, o‗rmon resurslari muhim o‗rin tutadi.
Ayniqsa qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlarining joylashishida tabiiy
sharoit – havo harorati, vegetatsiya davri, yog‗inlar miqdori va uning davri, yer
osti suvlarining ko‗tarilish darajasi, shamollar, yer usti tuzilishi (relyef), yaylovlar
Do'stlaringiz bilan baham: |