«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
179 sarflanadi. Tabiiyki, bunday korxonalarni arzon elektr energiya manbalariga yaqin joyda qurilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‗ladi. Rossiyaning bir qator shaharlarida GES va alyuminiy zavodlari aynan bir joyda, bir markazda uchraydi. Masalan, Bratsk GESi va Bratsk alyuminiy zavodi, Krasnoyarskdagi GES va alyuminiy zavodi va h.k. Bunday korxonalar birikmasi Volgograd, Volxov, Zaporojye va boshqa shaharlarda ham mavjud. O‗rta Osiyo mamlakatlarida yagona bo‗lgan Tursunzoda (Regar) shahridagi Tojik alyuminiy zavodi Norak GESiga yaqin joyda qurilgan. Demak, elektr enegiyasi bir qator sanoat korxonalarini o‗z atrofiga ―yig‗ar‖ ekan. Shu sababli u yirik rayon va majmua hosil qilish qudratiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o‗zlashtirish uchun ham kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Talimarjondagi bir qator nasos stansiyalari vositasi bilan sug‗oriladi. Elektr quvvati Norak-Tursunzoda (Regar)- G‗uzor orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu yerning o‗zida juda yirik mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Talimarjon IES qurilmoqda. Suv va iqlim sharoitlari ham ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda katta ahamiyatga ega. Suv manbaalari, ayniqsa kimyo, yog‗och-sellyuloza, metallurgiya zavodlarining faoliyatiga sezilarli ta‘sir qiladi. Jumladan, cho‗yan erituvchi pechlarni sovitish uchun ham suv kerak. Suv va iqlim sharoitlari boshqa sanoat korxonalarini qurishda ham e‘tiborga olinadi. Bu omilning ahamiyati qishloq xo‗jaligi, dehqonchilik uchun nihoyatda katta. Chunonchi, O‗rta Osiyo, xususan, O‗zbekiston Respublikasida an‘anaviy dehqonchilik uning issiq va quruq iqlimiy sharoitida faqat sun‘iy sug‗orish asosida olib boriladi. Paxta, meva, sabzavot, uzum va boshqa qishloq xo‗jalik mahsulotlariga suv hamda issiq iqlim (ma‘lum miqdordagi vegetatsiya haroratining miqdori) juda zarur. Shu bilan birga, issiq iqlim sharoitida sanoat korxonalarini ochiq usulda qurish, suv va boshqa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling