«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
180 alkogolsiz ichimliklar, ip gazlama ishlab chiqarishga o‗xshash tarmoqlarni ko‗proq rivojlantirish talab etiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ichida eng muhimi, aholi va mehnat resurslari dir. Albatta, har qanday ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo‗lmaydi. Bu o‗rinda ikki holni qayd qilish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko‗p ishchi kerak. Masalan, tikuv fabrikasi, konserva zavodi, paxta yetishtirish, uni qayta ishlash va h.k. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarga mehnat resurslarining miqdori ko‗p bo‗lishi shart emas, aksincha ―oz bo‗lsa ham soz bo‗lsin‖ ma‘nosida ularga malakali ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur korxonalar va tarmoqlar (radio yoki priborsozlik aniq mashinasozlik va shunga o‗xshash) malakali ishchi kuchi mavjud bo‗lgan shaharlarda, ilmiy-texnik markazlarida joylashtiriladi. O‗zbekistonda mehnatga layoqatli aholi soni juda ko‗p. Ularning miqdori qishloq joylarda va sust rivojlangan kichik shaharlarda juda yuqori. Binobarin, bunday joylarda ish o‗rinlarini kengaytirish, yangi sanoat va boshqa korxonalar, madaniy-maishiy muassasalarni qurish zarur. Aholi faqat ishchi kuchi emas, balki u, eng avvalo, iste‟molchi omili hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda, xalqning yashash sharoiti va darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, muvaqqat qiyinchiliklarga barham berish unga kerak bo‗lgan oziq-ovqat, kiyim- kechak va boshqa ehtiyojlarni qondiruvchi mahsulotlarni yetarli darajada ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shu sababli iste‘mol omili oziq-ovqat korxonalarini o‗ziga ―tortadi‖, ya‘ni bunday zavod yoki fabrikalar bevosita aholi yashovchi maskanlarda joylashtiriladi. Iste‘mol omili faqat xalq ehtiyoji bilan belgilanmaydi. Ishlab chiqarishning o‗zining talabi, boshqa xil mahsulotlarning keng miqdorda sarflanishi, ularni transportda keltirishning noqulayligi ham bunday korxonalarni iste‘mol |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling