IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
176
―erkin‖ joylashadi. Mazkur korxonalar qora metallurgiya markazlariga, suv
manbalariga yaqin, neft va gaz sanoati rivojlangan rayonlarda joylashtirilishi ham
mumkin.
Xomashyoga asoslangan sanoat va qishloq xo‗jaligi tarmoqlarining
geografiyasi, eng avvalo, mamlakat tabiiy sharoiti va tabiiy resurslar joylanishi
bilan bog‗liq. Chunonchi, qishloq xo‗jalik ekinlarini hududiy tashkil etishda suv,
iqlim va tuproq sharoitlari katta ahamiyatga ega. Ular, ya‘ni namlik, harorat va
tuproq agroiqlimiy resurslarni tashkil etadi.
Xomashyo omiliga asoslanib, ishlab chiqarishning hududiy tashkil etish
masalalari tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof-muhit tozaligini saqlash
muammolarini hisobga olgan holda hal etish maqsadga muvofiqdir. Natijada,
tabiiy geografiya, iqtisodiy geografiya va ekologiyaga oid bilimlar o‗zaro
muvofiqlashtiriladi.
Yoqilg‗i issiqlik elektr stansiyalari, qora metallurgiya sanoatining dastlabki –
cho‗yan eritish (domna pechida) bosqichini joylashtirishda asosiy rol o‗ynaydi.
Ammo uning ta‘siri har doim ham yetakchi kuchga ega emas. Issiqlik
elektrostansiyalari yoki metallurgiya zavodlari iste‘mol rayonlarida ham
joylashtirilishi mumkin. Bunday hol neft va uning mahsuloti mazut, tabiiy gaz
asosida ishlovchi issiqlik elektr stansiyalarini qurishga taalluqli (yoqilg‗ining
quvurlarda keltirilishi iqtisodiy jihatdan ma‘qulroq) bo‗ladi.
Biroq qora metallurgiya (cho‗yan erituvchi) zavodlarini joylashtirish
qonuniyatlari bir xil emas. Ma‘lumki, qazib olinadigan temir rudasining taxminan
48-50 foizi foydali, bu degan so‗z ulardan deyarli shuncha miqdorda cho‗yan
olinadi. ammo bu ―o‗rtacha‖ raqam hamma joyda ham bir xil emas – ayrim
konlarda temirning qazib olinadigan rudadagi ulushi atigi 17-19 foizni tashkil
etadi.
Bunday
konlarga
Uraldagi
Kochkonar
yoki Qoraqalpog‗iston
Respublikasidagi Tebinbuloq konlarini misol qilib ko‗rsatish mumkin. Bu
Do'stlaringiz bilan baham: |