«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
172 va ularning mahsuldorlik darajasi, yer fondi va uning tarkibi, qishloq xo‗jaligiga yaroqli yerlar, tuproq tarkibi va tabiiy unumdorlik darajasi kabi omillar majmuasining o‗rni katta. Sanoatning muhim tarmog‗i – qazib beruvchi sanoat tarmoqlari (tog‗-kon sanoati) tabiiy resurslarga, ya‘ni mineral xomashyo resurslarining tog‗-geologik sharoitlari, ruda va rudali xomashyolarning yer ostida joylashishi darajasi, sifati (ruda tarkibida metall miqdori), rangli metallar majmuasi, neft va tabiiy gaz sifati, ko‗mir (qatlamlarining joylashish va qalinlik darajasi kabilar), baliq-konserva, oziq-ovqat, o‗rmon-sellyuloza korxonalari xomashyoga bog‗liq holda joylashadi. Ayniqsa, qora metallurgiya (cho‗yan, po‗lat va prokat), gidroliz, o‗rmon- sellyuloza, mineral o‗g‗itlar ishlab chiqarish korxonalari (1 tonna mahsulot ishlab chiqarishga 2 tonnadan 6-7 tonnaga qadar xomashyo talab qiladi) joylashishida xomashyoga bog‗liqlik kuchlidir. 2. Ishlab chiqarish kuchlarining joylashishida ijtimoiy-iqtisodiy, ya‘ni davlatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi, davlat siyosati, transport-geografik, dengiz bo‗yi holati, qo‗shnichilik va chegaradoshlik (iqtisodiy rivojlangan hududlar bilan) omillarining hissasi kattadir. Mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot darajasi ilmiy- texnik inqilob bilan bog‗liq zamonaviy ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatlarini beradi. Ayniqsa, iqtisodiyotda muhim o‗rin tutuvchi avtomobilsozlik, samolyotsozlik, atom sanoati, elektrotexnika, priborsozlik, kontrol-o‗lchov, kosmik-raketa va boshqalar – avtomatlashtirish, robototexnika tarmoqlarining rivojlani-shini ta‘minlaydi. Davlat sanoatning yangi va eng yangi tarmoqlarini, inqiroz hamda turg‗unlikka uchragan tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlardan iborat siyosati mamlakat va uning mintaqalarida ishlab chiqarish kuchlarining barqaror rivojlanish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlari, chunonchi, yangi resursli hududlarni intensiv o‗zlashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy-ekologik ahvoli |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling