«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet164/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

174 
ekologik inqirozlar va sanoatning eng yangi sohalarining sof tabiiy muhitga 

bo‗lgan talabi bilan bog‗liqdir. Aholi o‗sishi va ishlab chiqarish sur‘atlarining


haddan tashqari tezlashuvi, uning to‗planish jarayonining kuchayishi oqibatida 
atrof-muhitga ta‘siri kuchaydi. Atmosferaning ifloslanishi, tuproq va yer
resurslarining yaroqsiz holga kelishi, o‗rmon resurslarining qisqarishi, yirik 
shaharlardagi (megalopolislar) ijtimoiy-ekologik muammolarning haddan tashqari
kuchayishiga olib keldi. Natijada, ishlab chiqarish kuchlari, ya‘ni sanoat, qishloq 
xo‗jaligi, trans-port va infrastuktura sohalarini mamlakat hududlari bo‗yicha bir
tekis joylashtirish, atrof-muhitga ta‘siri kuchli korxonalar (kimyo, neft-kimyo, 
metallurgiya va boshqalar) qurilishini cheklash siyosatining amalga oshirilishi
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning boshqa hudud va mamlakatlarga ―iflos‖ 
ishlab chiqarish sohalarini ko‗chirish siyosatini yuzaga keltirdi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarishga tobora keng sur‘atda 
kamchiqindi va chiqindisiz texnologik jarayonlarni qo‗llashdan iborat berk ishlab
chiqarish tizimini to‗la joriy qilish qo‗llanmoqda. 
Umuman, sanoat, qishloq xo‗jaligi, transport, ishlab chiqarish hamda noishlab
chiqarish sohalarining rivojlanishi va joylashishida, bu tarmoqlar iqtisodiy 
samaradorligini oshirishda mavjud tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy resurslardan
samarali foydalanishda barcha omillar majmuasini hisobga olish samarali hududiy 
ishlab chiqarish tizimini shakllantirish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda barcha shart-sharoitlar, omillar 
hisobga olinadi. Lekin ma‘lum tarmoqni hududiy tashkil etishda barcha omillar
emas, balki ulardan faqat ayrimlari yetakchi, hal etuvchi rol o‗ynaydi. Bu masalani 
tushunish uchun yaratiladigan mahsulotga suv yoki elektr quvvati, ishchi
kuchining qay darajada sarflanishi ko‗rsatish kifoya. Boshqacha aytganda, kasr 
maxrajida mahsulot birligi, uning suratida esa alohida-alohida omil (masalan, 1
tonna shakar olish uchun qancha qand lavlagi ishlatiladi, qancha elektr quvvati 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling