«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet167/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

177 
yerlardan qazib olinadigan rudani bevosita domna pechlarida eritib bo‗lmaydi, 

sababi unda kerakli mineraldan ko‗ra foydasiz jinslar ko‗proq. Shuning uchun bu


ruda dastlab boyitilishi va uning tarkibidagi foydali mineralning hissasi oshirilishi 
kerak. Boyitilgandan so‗ng ruda tarkibidagi temirning (rangli metallar uchun
boyitish jarayoni ayniqsa muhim, chunki ularning rudalar tarkibidagi ulushi 
nihoyatda past) miqdori bir necha barobar ko‗payadi. Lekin bu bilan ham uning
hissasi yetarlicha bo‗lmaydi. Shu sababdan metallurgiya korxonalari ko‗proq 
xomashyo rayoniga yaqinroq joylashtiriladi.
Yer yuzida ―boy‖ konlar ham yo‗q emas. Jumladan, Kursk magnit 
anomaliyasi (Rossiya) doirasiga kiruvchi Belgorod yaqinidagi konlarda temirning
rudadagi ulushi 60-65 foizgacha yetadi. Binobarin, bundan qazib olingan 
xomashyo to‗g‗ridan-to‗g‗ri, boyitilmasdan domna pech-larida eritilishi mumkin.
Shunday ekan, ularni tashib borish uchun trans-port xarajatlari va pirovard 
natijada, eritilgan cho‗yanning tannarxi uncha yuqori bo‗lmaydi. Bu esa
korxonalarni yoqilg‗i (kokslanuvchi ko‗mir) rayonida yoki unga yaqin joylarda 
qurishni taqozo etadi. Qozog‗iston Respublikasidagi Qaraganda to‗liq siklli
metallurgiya kombinati bevosita ko‗mir havzasi rayonida joylashtirilgan, Lipetsk, 
Tula, Krivoy Rog kombinatlari esa xomashyo, ya‘ni temir rudasi konlariga yaqin
joyda qurilgan. 
Ba‘zan metallurgiya zavodlari xomashyo va yoqilg‗i rayonlari o‗rtasida
joylashtirilgan, chunki mazkur sanoat tarmog‗i uchun bu ikki omilning ahamiyati 
deyarli bir xil. Bunga yorqin misol bo‗lib Cherepovetsk metallurgiya kombinati
(Rossiya Federatsiasi) xizmat qiladi. U Pechora kokslanuvchi ko‗mir havzasi bilan 
Kola yarim oroli temir rudasi konlarining, taxminan, o‗rtasida qurilgan. Ammo
korxona aniq ikki oraliq masofada emas, u biroz g‗arbga ―tortilgan‖, sababi Sankt-
Peterburgning yirik mashinasozlik sanoatini po‗lat va prokatga bo‗lgan extiyojini
qondirishdir. Korxona yaqinida katta suv ombori ham bor. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling