«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishiga ta‟sir etuvchi
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va joylashishiga ta‟sir etuvchi
umumiqtisodiy qonunlar. Qonun – tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 170 (o‗zaro aloqadorligini) barqaror takrorlanib turuvchi sabab-oqibat bog‗lanishlarini ifodalasa, qonuniyat voqea va hodisalarning ketma-ketligining barqarorligini va qonunlar majmuasininig o‗zaro uyg‗unligini ifodalaydi. Ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining butun tarixiy-geografik bosqichlarida amal qiladigan ularning sababiy aloqa va o‗zaro ichki bog‗lanishlarini ifodalaydigan iqtisodiy qonunlar majmuasi umumiy iqtisodiy qonunlar deyiladi. Iqtisodiy qonunlar majmuasi ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlarning xarakteri va rivojlanish darajasi bilan bog‗liqligi, samarali ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, mehnat unumdorligining oshib borishi, iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlarning oshib borishi, ishlab chiqarish jarayonlarining umumlashuvi va iqtisodiy integratsiyasining chuqurlashuvi, davlat monopolistik mulki va iqtisodiyotning rivojlanishi ishlab chiqarish monopolizmi va davlatning antimonopolistik tadbirlari, davlatning iqtisodiyotning boshqaruviga aralashuvi, mintaqaviy rejalashtirish va bashorat qilish, mintaqaviy, iqtisodiy rayonlashtirish kabilardan iborat. Ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari xarakteri va rivojlanish darajasiga mos kelishi jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi. Ayni vaqtda, ishlab chiqarish munosabatlari (moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish jarayonlaridagi o‗zaro munosabatlar majmuasi) ishlab chiqarish kuchlarining belgilovchi ta‘siri ostida rivojlanadi. Bugungi kunda, bozor iqtisodiyotiga o‗tish va bozor munosabatlarini shakllantirish, murakkab va umuminsoniy jarayon bo‗lib, obyektiv zaruriyatga aylandi. Chunki, bozor iqtisodiyoti jahon sivilizatsiyasining g‗oyat ulkan yutug‗i sifatida – iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‗sish va aholi farovonligini uzluksiz ta‘minlovchi iqtisodiy tizim ekanligini isbotladi. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlaridan unumli va samarali foydalanishni ta‘minlash bilan shunga mos yuksak ishlab chiqarish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling