«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet171/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

181 
rayonlarida tashkil etishni nazarda tutadi. Masalan, qishloq xo‗jalik mashinasozligi 

o‗sha mintaqaning ishlab chiqarish ixtisoslashuviga muvofiq shu yerda rivojlanishi


zarur.

Go‗sht sanoatini joylashtirish ham o‗ziga xos xususiyatga ega. Bu sanoat


bevosita chorvachilik rayonlarida rivojlantirilsa, unda iste‘molchiga faqat 
muzlatilgan go‗sht keltiriladi. Bunday go‗shtdan esa kolbasa, konserva va boshqa
go‗sht mahsulotlarini ishlab chiqarib bo‗lmaydi. Agar go‗sht sanoati iste‘mol 
rayonlarida joylashtirilsa-chi? Unga molni (chorvani) keltirish kerak, ammo bu
davrda biroz bo‗lsa-da u (chorva) o‗z tirik vaznini yo‗qotadi. Bundan tashqari, 
go‗sht mahsulotini ishlab chiqarish molning juni va terisi, qoni va suyagidan shu
joyning o‗zida foydalanish imkoniyatini bersa-da, mazkur zavodlarni (aniqrog‗i, 
kombinatlarni) yirik shahar ichida joylashtirish ekologik nuqtai nazardan, to‗g‗ri
kelmaydi. 


Transport omili
ham juda muhim, chunki u ishlab chiqarishning bevosita 
davom ettiruvchi tarmog‗i hisoblanadi. Transport shahobchalarisiz xomashyo ham
keltirilmaydi, mahsulot ham iste‘molchilarga yetkazilmaydi, hududiy mehnat 
taqsimoti rivojlanmaydi. Shuning uchun transportning ahamiyati barcha boshqa
omillar bilan qo‗shilib, uyg‗unlashib ketadi va uni ―sof‖ holda ajratib olish qiyin. 
Shu bilan birga, transport masalasi iqtisodiy geografik o‗rin omili bilan ham
chambarchas bog‗liq, chunki bu obyektning, eng avvalo, tashqi (hududiy) iqtisodiy 
munosabatlarni anglatadi.
Biz ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda ta‘sir qiluvchi omillarni tahlil 
qilar ekanmiz,
fan-texnika taraqqiyoti
va uning ahamiyatini chetlab o‗tolmaymiz. 
Bu omilning ta‘siri bir qator tarmoqlarning hududiy tashkil etilishida aniq va
ravshan ko‗rinadi (mashinasozlik, elektroenergetika va kimyo). Shubhasizki, 
mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko‗pgina korxonalar, ayniqsa, hozirgi zamon






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling