IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
164
- ekvatorga va Bosh meridianga nisbatan joylashishi (chekka nuqtalarning
koordinatalari);
- okeanlarga, dengizlarga, iliq yoki sovuq havo massalariga, tog‗
tizmalariga, Erning issiqlik mintaqalariga nisbatan joylashishi;
- mamlakatni u yoki bu iqlim mintaqasi va undagi tabiat zonalarida
joylashganligi (masalan, Indoneziya ekvatorial iqlim mintaqasida, doimiy yashil
o‗rmonlar zonasida joylashgan yoki Rossiya arktika, subarktika va mo‗tadil iqlim
mintaqalarining hamma tabiat zonalarida joylashgan).
Tabiiy geografik o‗rin, asosan, okean, dengiz, daryo, tog‗, cho‗l, o‗rmon,
adir singari yirik tabiiy obektlarga nisbatan joylashgan o‗rniga ko‗ra belgilansa,
iqtisodiy geografik o‗rin jahonning erkin iqtisodiy mintaqalari, jahon savdo
yo‗llari, yirik savdo-sanoat markazlari va tabiiy boyliklardan foydalanish
imkoniyatlari bilan belgilanadi. Siyosiy geografik o‗rin esa muayyan davrda
alohida davlatning harbiy mojarolar ro‗y berayotgan yoki ro‗y berishi mumkin
bo‗lgan hudud va davlatlarga nisbatan qanchalik aloqadorligiga ko‗ra baholanadi.
Geografik obektlar o‗zaro aloqador bo‗ladi. Ana shu aloqadorlik ko‗lamiga
muvofiq geografik o‗rin mikro, mezo, makro miqyosda namoyon bo‗ladi.
Iqtisodiy geografik o„rin.
Iqtisodiy geografik o‗rin – iqtisodiy
geografiyaning aniq tushunchasi, uning ―kalitidir‖. Chunki, ushbu tushuncha orqali
korxona, shahar yoki boshqa hududiy obyektlarning nima uchun xuddi shu joyda
qurilganligi va nima sababli shu darajaga etganligini anglab olinadi. Shu naqtai
nazardan iqtisodiy geografik o‗rinni iqtisodiy geografik bilimning o‗ziga xos
usulidir (iqtisodiy rayonlashtirish ham xuddi shunday metod sifatida qarash
mumkin.
Iqtisodiy geografik o‗rin - bu ma‘lum bir obyektning korxona, shahar,
viloyat, mamlakat o‗zidan tashqarida yotgan geografik obyektlarga (tog‗, daryo,
Do'stlaringiz bilan baham: |