IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
160
kasb etadi. U yoki bu iqtisodiy integratsiya tiplarining yaratilishi va amal qilishida
siyosiy omillar ham katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Jahondagi asosiy hududiy integratsiyalashgan uyushmalar.
Iqtisodiy
integratsiyaning obyektiv jarayonlari dunyoning boshqa hududlarida ham rivoj
topmoqda. Masalan, Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikada o‗ttizdan ziyod erkin
savdo, boj va iqtisodiy itifoq zonalari faoliyat yuritmoqda. Iqtisodiy integratsiya
rivoj topgan guruhlardan biri – 1994-yil yanvarida AQSh, Kanada va Meksika
mamlakatlarida tashkil etilgan shimoliy Amerika erkin savdo hududi – NAFTA
dir. Mazkur blok aholisi 500 mln kishidan ortiq va yirik iqtisodiy imkoniyatga ega
hududni o‗z ichiga olgan. Bu mamlakatlarning yillik mahsuloti va ko‗rsatgan
xizmati 3 trln dollardan oshadi. Dunyo savdo hajmida bu mamlakatlar ulushi
qariyib 20 foizni tashkil etadi.
NAFTA dagi integratsiyalashuv jarayonlari AQSh, Kanada va Meksikadagi
mavjud texnologiyalar, ishchi kuchlari, kapital va umumiy mol-mahsulot
bozoridagi holatni YIga a‘zo mamlakatlar bozoriga kiritishni ham o‗z ichiga oladi.
NAFTA kelishuvining eng muhim vositasi, bu – unga a‘zo uchala mamlakatdagi
mavjud integratsiya muno-sabatlarida investitsion baryerlar hamda integratsiya
bo‗layotgan mahsulotlar savdosini 2020-yilgacha zamonaviylashtirib borishdan
iborat.
NAFTA kelgusida ―Merkosur‖ (u 1991-yil Argentina, Braziliya, Urugvay,
Paragvay o‗rtasida tashkil topgan) bloki bilan savdo-iqtisodiy soha
integratsiyalashuvga ko‗ra, 2020-yillarda AQSh uchun asosiy integratsion
yo‗nalish hisoblangan – Osiyo-Tinch okeani hududi (ATR)ning ―integratsion
to‗g‗on‖ini zabt etish mo‗ljallangan.
XX asr oxirlariga kelib integratsiyalar jarayonining asosiy kuchi Osiyo-Tinch
okeani (OTOH) hududida birlashdi. Ular o‗zlarida mavjud gigant imkoniyat va
kuchlar hamda 3,5 mlrd.ga ega bo‗lgan aholisi bilan katta hududga ega bo‗lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |