IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
157
uzoq masofaga hududlararo safar ulushi ortadi (1995-y. 17,9 foizni tashkil
etadi, 2020-yilga borib esa 24,2 foizgacha ko‗payadi). Bunday safarlarga keyingi
va tez narx tushishi tendensiyasi – kuzatiladi, ayniqsa, yuqori tezlikdagi
aviatexnika keng tarqala boshlagach shunday bo‗ladi;
turizmda tashqi omillar ta‘siri kuchayadi: iqtisodiy vaziyat, siyosiy, sayohat
xavfsizligi darajasi;
turizmga: kompyuter rezervatsiya tizimi, texnologik taraqqiyot, aviatashish
takomillashuvi, elektron axborot, kommunikatsion tizim sezi-larli ta‘sir o‗tkazadi;
havo transportidan foydalanish kengayadi (qulay, to‗g‗ridan-to‗g‗ri reyslar
soni ko‗payishi natijasida).
Erkin savdo hududi
– iqtisodiy integratsiyalarning boshlang‗ich darajasi
bo‗lib, u mamlakatlarning soliq to‗lashda maxsus imtiyoz tartibiga amal qiladigan
alohida hududidir. Unga kiritilgan tovarlar boj va kvotalar to‗lovidan ozod etiladi
va bojxona nazoratidan xoli bo‗ladi. Bunda har bir davlat shaxsiy savdo-iqtisodiy
siyosatini uchinchi mamlakat munosabatlariga ham o‗tkazish imkoniyatiga ega.
Ko‗p hollarda erkin savdo hududlarida yaratilgan shart-sharoitlar tufayli qariyib
barcha mahsulotlar savdosi amalga oshiriladi. Bundan faqatgina qishloq xo‗jalik
mahsulotlari mustasno xolos. Savdo hududi unga a‘zo mamlakatlardan biriga
joylashgan uncha katta bo‗lmagan davlatlararo kotibiyatda markazlashishi
mumkin. Ammo, tegishli hujjatlarga doir rahbariyat davriy yig‗ilishlarda o‗z
taraqqiyotining asosiy parametrlariga xayrixoh bo‗lib, ularning ba‘zilari busiz ham
o‗z savdo faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkinligi ayon bo‗ladi.
Erkin savdo hududiga, asosan, 1960-yilda tashkil etilgan Yevropa Erkin
savdo assotsiatsiyasi (EAST) kiradi. Uning tarkibida Avstriya, Finlayandiya,
Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shvetsiya kabi bir qator mamlakatlar bor.
Yevropa iqtisodiy hududi (1994-y.)da esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamda
Islandiya va Lixtenshteynlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |