IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
163
Mongoliya, Hindiston, Pokiston, Afg‗oniston, Eron kabi mamlakatlar o‗z xohish-
istaklarini bildirdilar.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1.
Sanoat tarmog‗i nima va u qaysi belgilar asosida ajratiladi?
2.
Sanoat korxonalarini joylashtirishga qaysi omillar ta‘sir qiladi?
3.
Qishloq xo‗jaligining o‗ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
4.
Qishloq xo‗jaligining hududiy tashkil etish shakllari qanday va ular ushbu
tarmoq iqtisodiyotiga qay darajada ta‘sir ko‗rsatadi?
5.
MDH davlatlari integratsion taraqqiyotida qanday imkoniyatlar mavjud?
10-BOB. IQTISODIY GEOGRAFIK O„RIN TUSHUNCHASI
Reja:
10.1. Geografiyada «Geografik o‗rin» tushunchasining nazariy asoslari.
10.2. Tabiiy-geografik o‗rin va uning ilmiy tushunchalari.
10.3.
Iqtisodiy va siyosiy geografik o‗rin tushunchasining ilmiy asoslari.
Tabiiy-geografik o‗rin – bu ayrim mamlakat, joy yoki nuqtaning tabiiy
borliqqa (obyektga) nisbatan joylashishidir (materiklarga, tog‗larga, okeanlarga,
dengizlarga, daryolarga va h.k.). Mamlakatning tabiiy-geografik o‗rni uning
iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga turlicha ta‘sir qilishi mumkin. Tabiiy-geografik
jihatdan qulay joylashish uning rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi,
noqulay joylashish aksincha iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi (cho‗llarda,
qutbiy hamda baland tog‗li o‗lkalarda joylashishi va h.k.). Mamlakatning yoki
ma‘lum bir joyning tabiiy-geografik o‗rni quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
- materik yoki qit‘aning mamlakat joylashgan qismi (markazida, dengiz
bo‗yida, tog‗ oldida, tekislikda, shimolida, sharqida, janubida, g‗arbida va h.k.);
Do'stlaringiz bilan baham: |