«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet203/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

216 
paydo bo‗lganlarini aytish mumkin. Bunday shaharlar turkumiga Farg‗ona (Yangi 

Marg‗ilon, Skobelov), Kogon (Yangi Buxoro), To‗rtko‗l (Petroaleksandrovsk)


shaharlaridan boshlab, keyingi yillarda vujudga kelgan barcha shaharlar kiritiladi. 
Shu ma‘noda sobiq SSSR davrida barpo bo‗lgan shaharlar (Navoiy, Zarafshon,
Shirin, Drujba, Marjonbuloq, Tolimarjon, Yangiyer va boshqalar) ham yangilar 
qatoriga kiradi. Ammo iqtisodiy va sotsial geografiya nuqtai nazaridan qaraganda
butunlay ―bo‗sh‖ yoki o‗zlashtirilmagan joylarda hamda keyingi qisqa davrda 
aholisi va xo‗jaligi keskin rivojlangan va tashqi qiyofasi tubdan o‗zgargan
manzilgohlarni tom ma‘nodagi yangi shaharlar deb atash to‗g‗ridir.
Shaharlar geografiyasini o‗rganishdagi navbatdagi bosqich ularni katta-
kichikligi bo‗yicha tabaqalashtirish (klassifikatsiyalashtirish)dan iboratdir. Bu 
yerda qo‗yilgan maqsad va tadqiq qilinayotgan obyekt xususiyatidan kelib chiqib,
shaharlar to‗ri aholi soni bo‗yicha turli daraja yoki klasslarga ajratiladi. Eng 
avvalo, ular 3 guruhga: katta, o‗rta va kichik shaharlarga bo‗linadi, maxsus
tadqiqotlarda esa yanada kengroq klassifikatsiya qo‗llaniladi. Tabiiyki, ―katta‖ 
yoki ―kichik‖ shahar tushun-chasi ham nisbiydir. Masalan, Toshkent darajasida,
hatto, azim Samarqand yoki Namangan ham kichik shahardir (Yaponlar ―shahar 
nima?‖ savoliga ―bu Tokiodir‖ deb javob berishgan ekan). Ayni paytda,
mamlakatimiz qishloq joylari, ichkarisidan qaraganda tuman markazi – kichik 
shahar ham ular uchun katta, ulkan ko‗rinadi. Misol uchun Qashqadaryoning
Qamashi yoki Chiroqchi aholisining nigohida shahar bu, eng avvalo, Qamashi va 
Chiroqchidir; Qarshi, Samarqand, Toshkent esa ular uchun nihoyatda ulkan, azim
shahar hisoblandi.
Demak, shaharlarni miqdoriy jihatdan turlicha baholash sun‘iylikka ega ekan.
Biroq, bunday qarash, odatda, oddiy xalq, hayotiy va an‘anaviy, kundalik 
andozalarga mos keladi, xolos. Ilmiy izlanishlarda esa har bir tadqiqot obyekti
uchungina emas, balki mamlakat miqyosida rasmiy ravishda qabul qilingan 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling