«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet206/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

219 
qo‗llab-quvvatlansa, yirik sanoat korxonalari ham quriladi. Ammo barcha kichik 

shaharlarni bunday rivojlantirish mumkin emas: vaqt ham, kapital mablag‗,


sarmoya ham yetishmaydi. Binobarin, kichik shaharlarning ayrimlarigina tanlab 
olinadi va ular o‗sish qutbi hamda markazi sifatida rivojlantiriladi. Bunday
shaharlarni ajratib olish esa, ularning ko‗p omilli tahlil etilishi va baholanishi 
(iqtisodiy geografik o‗rni, mehnat va xomashyo resurslari, ekologik holati,
transport va boshqa infrastrukturasi, funksiyasi, katta-kichikligi va h.k.) asosida 
amalga oshiriladi.
Shaharlarni iqtisodiy geografik o‗rganishda, ularning transport funksiyasiga 
ham alohida e‘tibor beriladi. Shahar va transport yo‗llari o‗zaro chambarchas
bog‗liq: biri ikkinchisisiz bo‗lmaydi, yo‗llar shaharlarga keladi, shaharlardan 
yo‗llar ketadi. Xullas, shaharlar va yo‗llar bu mamlakatning iqtisodiy asosi,
―qovurg‗asi‖ hisoblanadi. 
Shuningdek, shaharlarning sotsial funksiyalari, fan va ta‘lim tizimi,
madaniyati, aholiga xizmat ko‗rsatish sohalari, ekologik vaziyati, aholisining 
o‗sishi kabi masalalar ham o‗rganiladi. Shu o‗rinda poytaxt shaharlarni alohida
ta‘kidlash joiz. Chunki har qanday mamlakatning jahon hamjamiyatidagi mavqei, 
xalqaro va diplomatik aloqalar, siyosiy hayoti, eng avvalo, uning poytaxti bilan
bog‗liq. Boshqacha qilib aytganda, olamshumul va umumbashariy muammolar 
xususida rasmiy so‗z yuritilganda, odatda, davlatlarning poytaxti nomidan
gapiriladi. Shu bois, poytaxt shaharlarning ―yuki‖, mas‘uliyati nihoyatda vazmin: 
ular, bir tomondan, mamlakatni hududiy-siyosiy jihatdan tashkil qilish, boshqarish
vazifasini ado etsa, ikkinchi tomondan, bunday markazlar davlatni jahon 
miqyosiga munosib ravishda olib chiqishlari kerak. Aynan ana shu ma‘noda har
qanday davlat o‗z taqdirini poytaxtiga topshiradi. 
Ko‗pchilik hollarda shaharlarning genetik tiplari ularning nima bilan
shug‗ullanishini ham belgilab beradi. Bu esa ularning hududiy mehnat taqsimotida 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling