«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet208/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

221 
Kogon, Xovos, Qo‗ng‗irot – transport shaharlari, Chortoq – rekreatsiya, 

Ulug‗bek – fan markazlaridir.


Respublikamizda juda ko‗p shaharlar agroindustrial yo‗nalishga ega, ya‘ni 
ularda qishloq xo‗jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari mavjud.
Ulardan ham ko‗proq shaharlar qishloq tumanlar markazi vazifasini bajaradi. 
Biroq, bunday shaharlar – ―kichik poytaxtlar‖, ayni paytda, agroindustrial
xarakterga ham ega bo‗lishlari mumkin. 
Poytaxt shaharlar mamlakat shaharlar turi va tizimida karvonbosh-chilik
qilishadi. Ammo, ular aholisi bo‗yicha eng katta, sanoat o‗ta rivojlangan bo‗lishi 
aslo shart emas. Chunki bunday shaharlarning asosiy vazifasi – siyosiy markaz,
dorulsaltanat, ya‘ni poytaxt funksiyasini bajarishdan, binobarin, mamlakatni 
boshqarish, uni siyosiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tashkil
qilishdan iborat bo‗lishi lozim.
Juda ko‗p mamlakatlarda poytaxt shaharlar muammosi keskin turadi. Bunday
shaharlar mumkin qadar mamlakat hududining o‗rtasida (markazida), tarixan 
asosiy tub millat tarqalgan hududda joylashgan bo‗lmog‗i lozim. Bunga sabab,
ular, eng avvalo, milliy poytaxtlardir. Shu bilan birga, bu shaharlarda boshqaruv 
funksiyasi keng rivojlangan bo‗lishi shart.
Dunyo mamlakatlarining ayrimlarida poytaxt shaharlari o‗zgarib turgan. 
Masalan, Braziliyada poytaxt Rio-de-Janeyrodan Braziliaga, Poki-stonda
Karachidan Islomobodga, Qozog‗istonda Olma-Otadan Ostonaga ko‗chirilgan va 
h.k. Bir vaqtlar Ukrainaning poytaxti Xarkov, Rossiyaniki Peterburg, Turkiyaniki
Stambul, Qoraqalpag‗istonniki To‗rtko‗l bo‗lgan, O‗zbekiston Respublikasining 
dastlabki poytaxti Samarqand bo‗lib, 1930-yilda Toshkentga ko‗chirilgan.
Poytaxt shaharlarning nufuzi ham, mas‘uliyati ham yuqori. Binobarin, har 
qanday mamlakat o‗zining bosh shahri, ―yo‗l boshchisi‖ga katta e‘tibor bermog‗i
tabiiydir, chunki ular o‗sha joyda yashovchilarning milliy iftixori hisoblanadi. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling