«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet204/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

217 
ma‘lum andozalarga amal qilish kerak. Bu, ayni paytda, turli viloyat va 

mamlakatlar shaharlarini qiyosiy geografik o‗rganishda ham qo‗l keladi.


Shaharlar kelib chiqishi va ularni klassifikatsiyalash natijalari maxsus statistik 
jadval, diagramma, grafik va kartalar yordamida tasvirlanishi shart. Jumladan,
shaharlar tabaqalanishini piramida shaklida ko‗rsatish ham nihoyatda maqbul usul 
hisoblanadi. Chunki, bunday tasvirda mamlakat yoki viloyatning qaysi
bo‗g‗inidagi shaharlari ko‗p yoki kam, kuchli yoki zaifligi va ushbu muammoni 
hal etish yo‗llari, manbalari yaqqol ko‗rinadi. Ayni chog‗da, bu holat mamlakat
yoki rayon xo‗jaligining hududiy mujassamlashuv xususiyatini aks ettiradi. 
Shaharlar miqdoriy darajalari bilan birga, ular sifat ko‗rsatkichlari,
bajaradigan vazifalari (funksiyalari) bo‗yicha ham bir-biriga o‗xshash emas. 
Ma‘lumki, juda ko‗p shaharlar turli maqomdagi ma‘muriy markaz vazifasini
o‗taydilar. Ular orasida ko‗pchilikni tuman markazlari, undan kamrog‗ini viloyat 
markazlari va faqat bittasi esa mamlakat ma‘muriy-siyosiy markazi, ya‘ni poytaxt
funksiyasini bajaradi. 
Xo‗jalik jihatidan yondashganda, juda ko‗p shaharlar sanoat va transport
markazi, ayrimlari dam olish (rekreatsiya), fan markazlari hisoblanadi. 
Shaharlarning bajaradigan vazifasini, ixtisoslashuvini aniqlashda, asosan, band
bo‗lgan aholi tarkibi tahlil etiladi. Shunga ko‗ra, sanoat, transport yoki fan-texnika 
markazlari ajratiladi. Sanoat shaharlari ichida ko‗p tarmoqli sanoat markazi, og‗ir
va yengil sanoat, resurs shaharlar kabi funksional tiplar belgilanadi. Agarda ana 
shunday shaharlar toifalari ularning katta-kichikligi, bosqichlari bilan birgalikda
ko‗rilsa, tadqiqot yanada chuqur va samarali bo‗ladi. 
O‗rganishlar natijasida, shaharlar iqtisodiy geografiyasining eng muhim
qonuniyati o‗z isbotini topadi. Bu ham bo‗lsa, shaharlarning bajaradigan vazifasi 
ixtisoslashuvi, funksiyasi ularning katta yoki kichikligini belgilashidir.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling