«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
229 Avvalo, urbanizatsiya jarayoni va uning hududlar bo‗yicha rivojlanish mezonlari haqida umumiy tushuncha hosil qilish maqsadga muvofiqdir. Shu asnoda tabiiy sharoit omillarining yirik shaharlarga ta‘sirini urbanizatsiya jarayonida sezilarli kechishini ko‗rish mumkin. Shaharlar barcha zamonlarda rivojlanish uchun turtki bo‗luvchi asosiy nuqtalar sifatida xizmat qilib kelgan. Ularning bu xususiyati fan-texnika taraqqiyotidan keyin, ayniqsa, umumjahon mezoniga aylandi. Bugungi kunda mamlakatlarning industrial va texnologik va boshqa mezonlar bilan belgilanuvchi rivojlanish darajasi urbanizatsiya darajasi bilan chambarchas bog‗liqdir. Bir so‗z bilan aytganda, urbanizatsiya mamlakat taraqqiyotini belgilovchi asosiy mezondir. Eng birinchi yirik shaharlar 4 ming yil oldin Mesopotamiya, Nil, Hind, Xuanxe daryolari vodiylarida vujudga kelgan. Shaharlarning vujud-ga kelishi iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‗lanadi. Shaharlar hukmdorlar yashovchi hududlar, bosh vazifasi mudofaa bo‗lgan qal‘alar sifatida shakllangan. Bunday holatda ular strategik jihatdan eng qulay joyda bunyod qilingan. Meksika va Peru hududlarida Kolumbga qadar davrlarda ulkan shaharlar sivilizatsiyalari rivojlangan. Qadimiy Amerika va Yevrosiyo hududlari bir-biridan butunlay xabarsiz bo‗lsa-da ulardalgi shaharlar sivilizatsiyasi o‗z xususiyatlariga ko‗ra juda o‗xshash bo‗lgan. O‗rta asrlarda dunyodagi eng yirik shaharlar – Nankin (470 ming kishi), Qohira (450 ming kishi), Vidjvanagar (350 ming kishi), Pekin (320 ming kishi) bo‗lgan. Yevropa mintaqasining eng yirik shahri Parij bo‗lib, uning aholisi 275 ming kishi bo‗lgan. Milan va Venetsiya shaharlari undan ikki barobar kichik bo‗lib, XIX asrda 870 ming aholisi bilan dunyoning eng yirik shahri bo‗lgan London aholisi o‗sha vaqtda 50 ming kishidan oshmagan. XVIII asr boshida dunyo aholisining 10 foizidan kamrog‗i shaharlarda yashagan. O‗rta asrlarda eng katta bo‗lgan shaharlar hozirgacha mavjud, ba‘zi-lari rivojlanishdan to‗xtab qolgan va provinsiyalar markaziga aylangan yoki butunlay |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling