«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 231
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
230 yo‗q bo‗lib ketgan. Shaharlashish jarayonini quyidagi xususiyatlarda ko‗rishimiz mumkin:
2) ishlab chiqarishning shaharlarda to‗planishida. Shaharlar maydonining kengayib borishida jamiyat rivojlanishi tarixda shaharlarning ma‘muriy markaz, madaniy markaz hamda iqtisodiy aloqalar qilinadigan markazlar sifatidagi roli ortib bordi. 1808-yilda dunyo aholisining 2,4 foizi shaharlarda yashagan bo‗lsa, hozirgi kunda bu ko‗rsatkich 50 foizga ortib ketdi. Umuman
urbanizatsiya jarayonining quyidagi shakllanish bosqichlari mavjud: XIX asrda, asosan, Yevropa va Shimoliy Amerikada yuzaga kelgan. XX asrning birinchi yarmida butun dunyoda shahar aholisining soni tez sur‘atlar bilan orta boshlagan. XX asrning ikkinchi yarmida jahon mamlakatlarida shahar aholisi soni ortishi bilan birga shaharlar maydonlari ham kengaya boshladi. Shahar aholisining ulushi 1900-yilda 1,4%, 1950-yilda 29%, 1990-yilda 45% bo‗lgan. Davlatning urbanizatsiyalashish darajasi quyidagi ko‗rsat-kichlar asosida belgilanadi. 1) 50% dan yuqori bo‗lsa, yuqori darajada urbanizatsiyalashgan; 2) 25-50%, o‗rtacha urbanizatsiyalashgan; 3) 25 dan kam bo‗lsa, past darajada urbanizatsiyalashgan. Urbanizatsiyaning quyidagicha ko‗rinishlari mavjud: Konurbanizatsiya – shahar aglomeratsiyalari.
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 231 Urbanizatsiyani geografik o‗rganish quyidagi xulosalarni keltirib chiqaradi. Shaharlarning rivojlanishi va urbanizatsiya jarayoni jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi bilan bevosita bog‗liq. Ushbu jarayonning rivojlanishi hududda sanoat korxonalarining, transport yo‗llarining barpo etilishi bilan bog‗liq. Urbanizatsiya jarayoni shakllanishi hududiy farqlarga ega. Rivojlangan davlatlarda shahar hududlarining kengayishi, suburbanizatsiya, rurbanizatsiya kabi zamonaviy urbanizatsiya ko‗rinishlari rivojlanayotgan bo‗lsa, rivojlanayotgan davlatlarda esa aglomeratsiya, megalopolislar paydo bo‗lishi bilan bir qatorda soxta urbanizatsiya holati ham yuzaga kelmoqda. O‗zbekistonda mustaqillik yillarida shaharlarning rivojlanishi va urbanizatsiya jarayoni bilan bog‗liq bir qator ijobiy o‗zgarishlar yuz berdi. Yangi shahar aholi manzilgohlarining shakllanishi, shaharsozlikda zamonaviy loyihalar asosida shaharlar qiyofasining o‗zgarishi shular jumlasidan. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling