«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet219/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

233 
1. Demografiya inson populatsiyasini o‗rganadi. 

2. Geograflar aholining hududiy tarqalishi va ularning ko‗chishlarini


o‗rganishda demografik tahlillardan foydalanishadi. 
3. Mamlakat aholisining yosh tarkibi, ijtimoiy va etnik tarkibi hamda o‗sish
sur‘ati uning sog‗lom bo‗lishiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
B) Aholining hududiy joylashuvi:
1. Aholining hududiy joylashuvi aholining yer yuzasi bo‗ylab taqsimlanishida 
o‗ziga xos shakllarni hosil qilgan.
2. Insoniyat tarixi davomida aholi notekis taqsimlangan.
3. Aholi ko‗pincha suv havzalari va haydaladigan yerlar kabi hayot bilan
ta‘minlaydigan resurslar atrofida to‗planadi. Kam o‗zlashtirilgan hududlarda, misol 
uchun sahrolarda aholi kam yashaydi:
- jami aholining deyarli 75 foizi yer yuzasining faqat 5 foizida yashaydi
- Yer shari aholisining taxminan 50 foizi shaharlarda va qolgan yarmi
qishloqlarda yashaydi; 
- aholi joylashuvidagi hududiy farqlar insoniyat tarixining ko‗p davrida,
asosan, shahar joylarda emas, balki qishloqlarda yashaganligini aks ettiradi. 
C) Global aholi taqsimlanishi:
1. Dunyo aholisining deyarli 80 foizi Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyodagi 
rivojlanayotgan davlatlarda yashaydi.
2. 1 mlrd kishidan ko‗proq aholisi bo‗lgan davlatlar faqat 2 ta: Xitoy va 
Hindiston.
3. Aholining eng yuqori hududiy konsentratsiyasi Sharqiy Osiyo (Xitoy, 
Yaponiya, Tayvan, Shimoliy va Janubiy Koreya)da tashkil topgan.
4. Aholining ikkinchi yuqori konsentratsiyasi Janubiy Osiyo (Hindiston, 
Bangladesh, Shri-Lanka, Pokiston) davlatlarida tarkib topgan.





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

234 
5. Aholining uchinchi yuqori konsentratsiyasi Yevropada – Atlantika 

okeanidan Ural tog‗larigacha bo‗lgan mintaqadadir




Taraqqiyot jarayonida aholining shaxsiy iste‘moli bilan birga, aholining o‗zi


ham takror barpo qilinadi, ya‘ni kishilar avlodlari tarbiyalanadi, voyaga 
yetkaziladi. Shuning uchun ham aholini geografik jihatdan o‗rganayotganda uch
narsaga e‘tibor berishimiz kerak: 
1. Aholi moddiy boylik ishlab chiqaruvchi kuch, barcha moddiy
ne‘matlarning yaratuvchisi. 
2. Aholi ishlab chiqarilgan ijtimoiy mahsulotlar ma‘lum qismining
iste‘molchisi. 
3. Aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining asosiy qismi
bo‗lib, o‗zi ham takror barpo qilinishi zarur. 
Har qanday iqtisodiy geografik muammolarni hal qilishda aholiga xos bo‗lgan
ana shu xususiyatni o‗rganish zarur. Shuning uchun ham aholi geografiyasi 
iqtisodiy geografiyaning tarkibiy qismidir.
Aholi geografiyasi iqtisodiy geografiyaning bir tarmog‗i bo‗lishi bilan birga, 
boshqa tarmoqlar: sanoat geografiyasi, transport geografiyasi, qishloq xo‗jaligi
geografiyasi orasida alohida o‗rin tutadi.
Aholi geografiyasi aholining tarkibi, dinamikasi va joylashuvidagi shunday
hududiy farqlarki, bu farqlarni vujudga keltiradigan qonuniyatlarni, aholi 
punktlarining hududiy tizimlarini va ularning rivojlanish qonuniyatlarini o‗rganadi.
Shuningdek, aholi geografiyasi aholining yer shari bo‗yicha, ayrim davlatlar 
hamda rayonlar bo‗yicha harakatini o‗rganadi.
Aholi geografiyasining muhim tushunchalaridan biri – aholining hududiy 
joylashish shakllaridir.

Dr Christion Sawyer. Human geography crash course. Printed in the United States of America. Green Edition. -

2012. 37-P. 244.








Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling