«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 236
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
235 Aholi geografiyasining yana bir muhim tushunchasi – aholining funksional guruhlarga bo‗linishi. Aholi uchta funksional guruhlarga bo‗linadi: 1. Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlovchilar (sanoat, qishloq xo‗jaligi va transport). 2. Xizmat doirasi sohasida ishlovchilar (savdo, maorif, sog‗liqni saqlash, kommunal xo‗jalik, shahar transporti xodimlari). 3. Ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etmaydiganlar (bolalar, uy bekalari, qariyalar). Bundan tashqari aholining migratsiyasi bilan ham bog‗liq bo‗lgan bir qancha qonuniyatlar bor. Aholi geografiyasi quyidagi yo‗nalishlarga bo‗linadi: 1. Aholi tarkibi va uning takror barpo qilinishidagi geografik farqlar va bu farqlarning sababini o‗rganish. 2. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishdagi geografik farqlarni o‗rganish. 3. Aholining hududiy taqsimlanishi va ularning harakatini o‗rganish. 4. Aholi punktlari va ularning hududiy tizimini o‗rganish. 5. Aholining madaniyati va turmush sharoitidagi farqlar va ularning sababini o‗rganish. 6. Tarixiy aholi geografiyasi. O‗tgan tarixiy davrlardagi aholi geografiyasini o‗rganish. 7. Aholini kartaga tushirish. Aholi geografiyasining o‗z tadqiqotlari jarayonida aloqa qiladigan, bevosita bog‗liq holda tadqiqot olib boradigan fanlarni ikki guruhga bo‗lish mumkin: 1. Geografiya fanlari tizimi. Aholi geografiyasi xo‗jalik tarmoqlarini joylashtirish qonuniyatlarini ishlab chiqishda bevosita tabiiy geografiya bilan, aholi salomatligi ishlab chiqarish kuchlarining to‗g‗ri joylashtirishda, aholi tibbiy xizmatini tashkil etishda tibbiyot geografiyasi bilan, shuningdek, xizmat doirasi IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 236 geografiyasi, turizm geografiyasi, iste‘mol geografiyasi, tarixiy geografiya va kartografiya yo‗nalishlari bilan uzviy aloqada rivojlanadi. 2. Demografiya va etnografiya. Bu fanlar aholi geografiyasi bilan chambarchas va har tomonlama bog‗liq bo‗lgan fanlar hisoblanadi. Chunki bu fanlar ham bevosita aholi geografiyasi singari aholini o‗rganadi. Lekin, ushbu fanlar aholini o‗z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda o‗rganadi. Masalan, demografiya aholining soni, takror barpo bo‗lish qonuniyatlari va omillarini o‗rgansa, etnografiya xalqlarning turmushi va madaniyati, vujudga kelishi va madaniy-tarixiy aloqalarini o‗rganadi. Shunday qilib, aholi geografiyasi va demografiya hamkorlikda hal etilishi mumkin bo‗lgan muammolarni demografiya o‗rganadi. Xalqlarning geografik tarqalishini esa etnografiya o‗rganadi. Antropologiya kishi organizmining evolutsiyasi va undagi jismoniy o‗zgarishlarning qonuniyatlari, shuningdek, irqlarning vujudga kelishi va geografiyasi, aholi mehnat faoliyati, turmush sharoiti va madaniyatining hududiy xususiyatlarni o‗rganadi. Aholi geografiyasi aholi migratsiyasi, tabiiy o‗sishi, talab va ehtiyojlarini aniqlashda sotsiologiyaga murojaat etsa, mehnat resurslari, ularning joylashish xususiyatlarini o‗rganishda esa iqtisod fani bilan bog‗lanadi. Aholini dastlabki ro‗yxatga olish, qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopatamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‗tkazilgan. Lekin bu aholi ro‗yxatlarini o‗tkazishdan maqsad aholidan soliq yig‗ish, ya‘ni boj olish hamda harbiy yurishlar uchun erkaklar sonini aniqlash bo‗lgan. Shuning uchun ham f aqat erkaklar ro‗yxatga olingan . Chunki u paytlarda oilada, jamiyatda erkakning iqtisodiy o‗rni yuqori bo‗lgan va soliq to‗lashda faqat erkaklar qatnashgan, xolos. Eng qadimgi aholi ro‗yxatlari (senzi) eramizdan oldingi VI asrda qadimgi Rimda imperator Servi davrida o‗tkazilgan. Bu aholi ro‗yxatlari 510 yillardan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling