«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet221/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

237 
boshlab, har 5 yilda muntazam o‗tkazilib turgan. Unda oila boshliqlari o‗zi haqida, 

shu bilan birga, oila a‘zolari va mol-mulklari haqida ma‘lumot berganlar.


Feodalizm davrida esa kichik-kichik davlatlar paydo bo‗lishi, ularning 
parchalanishi natijasida aholining muntazam ro‗yxati o‗tkazilmagan. Faqat alohida
sharoitlarda, ba‘zan, yoppasiga tarqalgan epidemiyalardan, urushlardan keyin 
qancha aholi qolganligini bilish maqsadida aholi ro‗yxatga olingan.
XVIII asrning o‗rtalarida milliy davlatlarning paydo bo‗lishi, kapitalistik 
munosabatlarning rivojlanishi bilan aholi haqida mukammalroq ma‘lumotlarga
talab ortib boradi va aholi o‗rtasida qator ro‗yxatlar o‗tkaziladi. Lekin, bu 
ro‗yxatlar ham hamma aholini, uning barcha ijtimoiy-demografik guruhlarini
qamrab olmaydi. Ular ham ba‘zi hududlarda soliq to‗lovchilarni, harbiy xizmatga 
yaroqli aholi miqdorini aniqlash maqsadida o‗tkazilgan.
Mukammal aholi ro‗yxati o‗tkazishning o‗z ilmiy qonun-qoidalari mavjuddir. 
Bunday aholi ro‗yxati aholining hammasini, ya‘ni yangi tug‗ilgan chaqaloqdan
boshlab, to eng keksa guruhgacha qamrab olishi kerak. Ana shunday mukammal 
aholi ro‗yxati birinchi marta 1790-yili AQShda, 1801-yili Fransiya, Daniya,
Norvegiya va Buyuk Britaniyada o‗tkazildi. Lekin bu aholi ro‗yxatlari ham juda 
oddiy bo‗lgan va uzoq muddatga cho‗zilgan. Masalan, birinchi Amerikadagi aholi
ro‗yxati (senzi) 18 oyga cho‗ziladi. 
XIX asrga kelib aholini o‗rganish juda kengaydi. Statistika fan sifatida
taraqqiy etdi. Qator Yevropa davlatlarida statistik tashkilotlar tuzildi. Aholini 
ro‗yxatga olish ilmiy dasturlar asosida olib borildi. 1870-1879-yillarda dunyoda 48
ta aholi ro‗yxati o‗tkazildi. 1880-yillarda 54 ta, 1890-yillarda 57 ta aholi ro‗yxati 
o‗tkazilgan bo‗lsa, XIX asrning oxirida dunyo aholisining 21 foizi, XX asr boshida
esa 64 foizi ro‗yxatga olindi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin aholini ro‗yxatga olish yana ham rivojlanib
ketdi. 1945-1954-yillarda 151 ta davlatda, 1965-1974-yillarda 179 ta davlatda 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling