«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet229/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

246 


Birinchi guruh
– tug‗ilish darajasi yuqori bo‗lgan davlatlar. Bunga Afrika
davlatlari (deyarli hammasi), Osiyo va Janubiy Amerikadagi qator davlatlar, 
Avstraliya va Okeaniya hamda O‗rta Osiyo davlatlari kiradi. Bu davlatlardagi
oilalarda farzandlarning o‗rtacha soni to‗rttadan to sakkiztagacha, ba‘zi hollarda 
esa undan ham yuqori bo‗ladi. Ushbu davlatlardagi oilalarda tug‗ilish darajasining
bunday yuqori bo‗lishiga olib keluvchi qator omillarning asosiylari quyidagilar: 
yuqorida zikr etilgan davlatlar, asosan, iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan davlatlar
bo‗lib, aholisining, ayniqsa, ma‘lumotlilik darajasi nisbatan past, ayollar ijtimoiy 
ishlab chiqarishda kam ishtirok etadi, shahar tarzining shakllanishi sust, tug‗ilishni
cheklash haqidagi tushunchalar va unga kerakli tibbiy vositalar keng tarqalmagan. 
Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish lozimki, tug‗ilish darajasining yuqoriligi ba‘zi
bir demografik oqibatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan, aholi soni juda tez 
ko‗payib, yangi oilalar vujudga keladi, aholi tarkibida bolalar salmog‗i yuqori
bo‗ladi. Bu demografik oqibatlar esa, o‗z o‗rnida, qator ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarga sabab bo‗ladi.
Yuqorida qayd etilgan davlatlar aholisi keyingi 10-14 yil davomida yiliga 
o‗rtacha 2,7-3,2 foizdan ko‗paydi va dunyo aholisidagi salmog‗i 23 foizdan oshdi.

Ikkinchi guruh
oilalarda tug‗ilish darajasi o‗rtacha bo‗lgan davlatlar 
guruhidir. Ushbu guruhga dunyo bo‗yicha jami 44 ta davlat kiradi. Ulardan 25 tasi
Yevrosiyoda, 2 tasi Afrikada, 16 tasi Amerikada va 1 tasi Avstraliya va 
Okeaniyada. Ularning aholisi yer shari aholisining qariyb 40 foizini tashkil etadi.
Ushbu davlatlardagi oilalarda o‗rtacha ikkitadan to‗rttagacha farzandlar bor. Bu 
guruhga kirgan davlatlar aholisi har yili 1,9 foizdan ko‗payib bormoqda. Mazkur
davlatlarda oilaning bunday shakllanishi ularning tarixan tarkib topib kelgan 
ijtimoiy-iqtisodiy omillari bilan bog‗liqdir.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling