IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
247
Tug‗ilish darajasi o‗rtacha bo‗lgan joylarda aholi o‗zining mavjud sonini
saqlab boradi. Ularda aholining keskin ko‗payib ketish va kamayib ketish hollari
kutilmaydi. Aholi taraqqiyoti muammolarini hal etish bir muncha yengil kechadi.
Uchinchi guruh
esa tug‗ilish darajasi past bo‗lgan davlatlardir. Ularning soni
32 ta. Shundan 24 tasi Yevrosiyoda, 5 tasi Amerikada va 3 tasi sobiq SSSRda
joylashgani holda iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlardir. Ushbu guruhga
mansub davlatlar dunyo aholisining 36,0 foizini yoki uchdan bir qismini tashkil
etadi. Ularda aholi yiliga o‗rtacha 0,9 foizdan ko‗payib bormoqda. Oilalarning
aksariyat qismida bitta va ikkitadan bola bor, xolos.
So‗nggi guruh davlatlarida istiqomat etuvchi oilalarda tug‗ilishning bunday
kamayishb ketishi, birinchi navbatda, kapitalistik munosabatlar keng tarqalishi,
sanoat ishlab chiqarishi rivojlanib, shaharlar sonining o‗sishi va shahar turmush
tarzining keng tarqalishi sabab bo‗ldi. Ayniqsa, aholisining asosiy qismi
shaharlarda yashovchi Yevropa mamlakatlarida tug‗ilish juda kamayib ketgan.
Masalan, Angliyada 1850-yillarda aholining 50 foizi shaharlarda yashagan va shu
davrda har ming kishi hisobiga tug‗ilgan bolalarning soni o‗rtacha 32-33 tani
tashkil qilgan. Yoki Germaniyani olib qaraylik. Bu mamlakatda aholining 90 foizi
shaharlarda istiqomat qiladi. Dunyodagi tug‗ilish eng kam davlat bo‗lib, har ming
kishiga nisbatan tug‗ilgan bolalar 9-10 tani tashkil etadi. Ushbu guruh davlatlarida
hozirgi davrda tug‗ilish darajasining kamayib ketishiga olib kelgan navbatdagi
omil ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda, yollanma ishlarda nisbatan ko‗proq
qatnashishidir. Masalan, Kanadada 1931-yilda ijtimoiy ishlab chiqarishda band
bo‗lgan ayollar aholining 17 foizini, 1980-1990-yillarda esa 40 foizini tashkil
etgan.
Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tug‗ilishning kamayishiga olib kelgan
omillardan yana biri oilalarning buzilishi, ya‘ni nikohdan chiqish hollarining
nihoyatda ko‗pligidir. Hozirgi davrda AQShda har yili qayd etilgan nikohlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |