«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet226/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

242 
iqtisodiy taraqqiyot tug‗ilish darajasini belgilovchi asosiy omillardan hisoblanadi. 

Bu hol O‗zbekistonning demografik taraqqiyotida ham o‗z aksini topgan.


O‗zbekistonda tug‗ilish jarayonini quyidagi 3 bosqichga bo‗lib o‗rganish 
maqsadga muvofiq:
1. Oktabr inqilobiga qadar. 
2. Sovet hokimiyati yillarida.
3. Mustaqillik davri. 
Ma‘lumki, aholining ko‗payib yoki kamayib borishi, birinchi navbatda, uning
tabiiy o‗sishiga, ya‘ni tug‗ilish va o‗lim jarayonlariga bog‗liqdir. 
Tug‗ilish darajasini ifodalovchi eng ko‗p qo‗llaniladigan ko‗rsatkich
tug‗ilishning umumiy koeffitsiyenti bo‗lib, u ma‘lum hudud va davr uchun har 
1000 aholiga nisbatan tug‗ilganlarni ifodalaydi. Tug‗ilish koeffitsiyenti (n), bir
yilda tug‗ilganlar soni (N), aholining o‗rtacha soni (S): 


n

N

S


1000
Shuningdek, o‗lim koeffitsiyenti ham mavjud bo‗lib, bu ko‗rsatkich har 1000 


aholiga nisbatan o‗lganlar sonini ifodalaydi.


O‗lim koeffitsiyenti: 


m

M

S


1000
Aholining tabiiy o‗sish koeffitsiyenti har 1000 aholiga nisbatan tabiiy o‗sishni 


ifodalaydi. Aholining tabiiy o‗sishi (R) tug‗ilish koeffitsiyenti (n) va o‗lim


koeffitsiyenti (m) orasidagi musbat farqni anglatadi: 
R = n – m
Nikoh, ajralish kabi demografik jarayonlar ham koeffitsiyentlarda ifodalanadi. 
Nikoh koeffitsiyenti:

в

В

S


1000





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

243 
Bu yerda: в – nikoh koeffitsiyenti, B – bir yilda nikohga kirganlar soni, S – 

aholining o‗rtacha soni.


Ajralish koeffitsiyenti: 


а

А

S


1000
Bu yerda: a – ajralish koeffitsiyenti, A – bir yilda ajralganlar soni, S – 


aholining o‗rtacha soni.


Biz yuqorida tug‗ilish, o‗lim, nikoh va ajralish kabi demografik jarayonlarni 
ifodalovchi umumiy, eng ko‗p qo‗llaniladigan koeffitsiyentlar bilan tanishdik.
Ushbu koeffitsiyentlarda 1000 ta aholi o‗lchov sifatida olingan. Ushbu 
koeffitsiyentlar orqali har 1000 aholiga nisbatan tug‗ilganlar, o‗lganlar, nikohga
kirganlar va ajralganlar soni aniqlanadi va hosil bo‗lgan ko‗rsatkich (raqam) 
yoniga ‰ (promille) belgisi qo‗yiladi. Promille har 1000 aholiga nisbatan
olinganligini bildiradi. Demografik jarayonlarning umumiy koeffitsiyentidan 
tashqari maxsus koeffitsiyentlari ham mavjud bo‗lib, ular har bir jarayonda
bo‗layotgan o‗zgarishlarni atroflicha o‗rganishga yordam beradi. 


O„lim.
Aholi o‗limi uning takror barpo bo‗lishidagi asosiy jarayondir. 
Chunki, aholining tabiiy o‗sishi tug‗ilish bilan bir qatorda o‗limga ham bog‗liqdir.
Tug‗ilish yuqori, o‗lim kam bo‗lgan hollardagina aholining tabiiy o‗sishi yuqori 
darajada bo‗ladi.
Maxsus olib borilgan tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, jamiyat taraqqiyoti 
davomida XVIII asrning ikkinchi yarmiga qadar dunyoning barcha hududlarida
o‗lim juda ko‗p bo‗lgan. 
Olimlar tomonidan aholi o‗rtasidagi o‗lim sabablari 2 ta guruhga ajratiladi:
1. Endogen sabablar. 
2. Ekzogen sabablar.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling