IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
251
xizmatchi asosiy sinflar hisoblangan. Barcha formatsiyada ham o‗rtahol dehqonlar,
kichik va o‗rta fermerlar oraliq sinflar bo‗lib faoliyat ko‗rsatishgan.
Jamiyat tarqqiyotidagi iqtisodiy va siyosiy o‗zgarishlar natijasida aholining
ijtimoiy guruhlari tarkibida ham o‗zgarishlar yuz beradi. Masalan, O‗zbekistonning
bozor iqtisodiyotiga o‗tish davrida aholi ijtimoiy guruhlarida birmuncha
o‗zgarishlar yuz berdi. Tadbirkorlar, fermerlar, savdogarlar, ishbilarmonlar,
yollanma ishchilar kabi guruhlar shakllana boshladi.
Aholining ijtimoiy-iqtisodiy tarkibiga uning egallagan kasbi, mutaxassisligi,
ma‘lumoti bo‗yicha guruhlarga ajralishi ham kiradi.
Shuningdek, aholining ijtimoiy geografik tarkibi ham mavjud bo‗lib, unda
aholining yashash joyi (shahar, qishloq, viloyat, tuman, tog‗li o‗lkalar va cho‗l
zonalari) bo‗yicha taqsimlanishi tushuniladi.
Aholining milliy tarkibi ham uning ijtimoiy tarkibini bildirib, unda aholi
millatlar, etnik guruhlar bo‗yicha taqsimlanadi. Umuman, aholining sinfi, millati,
egallagan kasbi, ma‘lumoti va yashash joyiga qarab guruhlarga bo‗linishi uning
ijtimoiy tarkibini bildiradi.
Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.
Mehnat resurslari asosini
mehnat yoshidagi aholi tashkil etadi. Mehnat yoshi, ya‘ni mehnatga qobiliyatli
yosh insonning ijtimoiy ishlab chiqarishda qatanashishiga bog‗liq bo‗lgan yoshdir.
O‗zbekistonda mehnat yoshi erkaklar uchun 16-60, ayollar uchun esa 16-55 yosh
hisoblanadi. Mehnat yoshidagi aholi soni tug‗ilish, o‗lim va migratsiya jarayoniga
bog‗liqdir.
Shahar va qishloq hududlarida mehnat yoshidagi aholi dinamikasi yosh va
jinsiy tarkibi o‗ziga xos xususiyatlariga egadir. Mehnat yoshidagi aholini mehnat
resurslari nuqtai nazaridan o‗rganilganda 2 guruhga ajratiladi:
– 40 yoshgacha bo‗lgan mehnat yoshidagi aholi;
– 40 yoshdan keyingi mehnat yoshi guruhi.
Do'stlaringiz bilan baham: |