IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
259
keldi. Ishsizlar turli ishtashlashlar, fabrika, zavod egalariga va davlatga qarshi
namoyishlar tashkil etdi. Ana shu vaqtda mashhur ingliz iqtisodchisi Maltus
―Aholishunoslik qonuni haqida tajriba‖ degan asarini chop ettirdi.
T.Maltus bu asarida Angliya sanoat ishlab chiqarishida paydo bo‗lgan
ishsizlar armiyasini aholi sonining tez o‗sishi bilan bog‗laydi. Aholi soni tez
o‗sishining oldini olish uchun turmush qurish yoshini kechiktirish va turli
urushlarning bo‗lib turishi lozimligini ta‘kidlaydi. Aholi sonining o‗sishi
geometrik progressiya asosida va aholiga iste‘mol mollari ishlab chiqarish esa
matematik progressiya asosida rivojlanishini uqtiradi. Agar aholi soni o‗sishining
oldi olinmasa, ishsizlar armiyasi paydo bo‗lishi bilan birga, atrof-muhitning
ifloslanishini ta‘kidlaydi.
T.Maltusning bu g‗oyasini ikki tomonlama tahlil etmoq lozim, ya‘ni har bir
mamlakatda jamiyat taraqqiyoti oqilona rivojlanishi uchun aholi sonining o‗sishi
bilan ishlab chiqarish rivojlanishini muvofiqlashtirish zarur. Aks holda, aholi
ortiqchaligi holati yuzaga keladi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda bozor
iqtisodiyoti rivojlanayotgan qator mamlakatlarda aholining tez sur‘atlar bilan
o‗sishining oldini olish choralari qo‗llanilmoqda. Bunga Xitoy, Hindiston va
Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari misol bo‗la oladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1.
Aholi deganda nimani tushiniladi?
2.
Aholi dinamikasi nima?
3.
Aholi tabiiy ko‗payishining birinchi tipiga qanday mamlakatlar kiradi?
4.
Aholining milliy tarkibi deganda nimani tushunasiz?
5.
Aholi etnik belgilariga ko‗ra qanday guruhlarga ajratiladi?
6.
Aholi til xususiyatlariga ko‗ra qanday til oilalariga ajratiladi?
7.
―Demografik portlash‖ tushunchasining mohiyatini tushuntiring.
8.
Aholining tabiiy ko‗payishiga qanday omillar o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |