«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet243/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

260 
9.

Aholi migratsiyasi deganda qanday jarayon tushiniladi? 


10.

Mehnat resurslari va ulardan foydalanish.


11.
Aholining hududiy joylanishi va aholi zichligi deganda nima tushuniladi? 


12.
Qishloq va shahar aholi punktlari va ularning shakllari qanday?



15-BOB. MADANIY MAKON (MADANIYAT GEOGRAFIYASI) 
Reja:

15.1. Madaniyat va madaniyat geografiyasi haqida tushuncha.


15.2. Madaniyat geografiyasining asosiy tarmoqlari. 
15.3. Til geografiyasi.
15.4. Din geografiyasi. 
15.5. Xulq-atvor geografiyasi.
Madaniyat faqatgina san‘atkorona faoliyatga xos tushuncha emas, garchi 

musiqiy va badiiy faoliyatni ta‘riflash uchun ―madaniyat‖ termini qo‗llanilsa-da,


ushbu tushuncha biror biri jtimoiy guruh, sinf yoki xalqning ma‘lum davrda qo‗lga 
kiritgan yutuqlarini ifoda etadi. Xususan, nutq (til) madaniyati, din madaniyati
(masalan, Islom madaniyati), xulq-atvor madaniyati, shular qatorida musiqa 
madaniyati va hokazo. Qolaversa, madaniyat kishilarning naslini (kelib chiqishi)ni
ham anglatmaydi. Nasl aynan bir avlodning ma‘lum bir belgilari orqali 
farqlanadigan a‘zolarini tasniflashga oid biologik tushunchadir. Jumladan, agar bir
xil madaniyatga ega bo‗lgan yangi tug‗ilgan chaqaloqlar turlicha guruhlarda 
yashasa, turlicha o‗ziga xos madaniyat bilan o‗sadi.

Madaniyat
so‗zi Madina shahri nomi bilan bog‗liq holda kelib chiqqan. 
Madinaning to‗liq arabcha nomi Madina Rasulliloh, ya‘ni payg‗ambar shahri
hisoblanib, obodonchiligi, ko‗rkamligi bilan Arabistondagi aholi yashaydigan 
boshqa manzilgohlardan ajralib turar edi. Shuningdek, Madina Makkadan keyin





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

261 
musulmonlar ibodat qiladigan eng yirik shahardir. Shu tariqa madaniyat so‗zi 

bizning o‗lkamizga Madina shahri nomi bilan, islom dini bilan bog‗liq tarzda kirib


kelgan.

Fanda, odamlar o‗rtasidagi muloqatda madaniyat so‗zi bilan bir qatorda


kultura so‗zi ham ishlatiladi. Kultura so‗zi lotincha ―culture‖ so‗zidan olingan 
bo‗lib, ―ishlov berish‖, ―ekib o‗stirish‖ ma‘nosini bildiradi. Rus faylasuflari
N.Berdyaev va V.Rozinovlar ―kultura‖ so‗zining ―kult‖, ya‘ni diniy ibodat, 
sig‗inish so‗zidan kelib chiqqanligini qayd etganlar.
Hozirgi paytda insoniyat faoliyatining ko‗pgina sohalarida madaniyat yoki 
kultura so‗zi qo‗llaniladi. Qadimgi Rimda madaniyat deganda shaxsning
tarbiyalanganligi, ma‘rifatlilik darajasi tushinilgan. Keyinroq madaniyat deganda 
shaxsning qadr-qimmati, takomilligi tushunilgan. Nemis faylasufi F.Shiller
kishilardagi insoniylik fazilatlarini, uning ichki dunyosi, ma‘naviylik darajasini 
madaniyat deb tushuntirgan. Amerikalik madaniyatshunos olim Eduard Teylor
(1832-1917) 
madaniyat
atamasini 
ilm-fanga
kiritdi. Teylor o‗zining 
―Первобытная культура‖ asarida: ―Madaniyat keng ma‘noda kishining jamiyat
a‘zosi sifatida o‗zlashtirgan bilimi, e‘tiqodi, san‘ati, axloq-odobi, qonun-qoidalari 
va boshqa bir qator qobiliyatlari hamda odatlari yig‗indisidan tashkil topadi‖, deb
ta‘kidlaydi. 
Faylasuf va madaniyatshunos V.M.Rozin iborasi bilan aytganda ―qancha yirik
madaniyatshunos bo‗lsa, shuncha nazariyalar, tushunchalar mavjud‖. Teylor 
zamonida madaniyatning 7 ta ta‘rifi bo‗lgan bo‗lsa, 1950-yillarda uning soni 150
taga, hozirgi kunda esa madaniyatga berilgan ta‘riflar soni 400 taga yetadi. Bu 
ta‘riflar umumlashtirilsa, madaniyat so‗zining ma‘no-mazmunini quyidagicha
tushunish mumkin: 
1. Madaniyat – uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomonidan
yaratilgan moddiy va ma‘naviy boyliklar, asori-atiqalar yig‗indisi. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling