«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet246/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

264 
to‗laligicha irqiy jihatlar bilan bog‗liq, madaniyat mavjud tabiiy sharoit bilan 

bog‗liq deb tushuntiradi va Yevropa madaniyatini negroid madaniyatdan eng


yuqori, ustun darajada deb hisoblaydi. 
XX asrning ikkinchi yarmida ayrim mutaxassislar jamiyat va madaniyat
sohasida yuz bergan o‗zgarishlarni tushuntirish uchun ―kontkultura‖, ―subkultura‖ 
tushunchalarini qo‗llay boshladilar. Kontkultura deganda, hukmron madaniyatga
qarshi nazariyalar, qadriyatlar, falsafiy, badiiy qarashlar, ideallar tushuniladi. 
Subkultura deganda, jamiyatdagi turli sinflar, tabaqalar, guruhlarga xos madaniy
jihatlar hisobga olinadi. Shuning-dek, qashshoqlar, kambag‗allar, o‗rta tabaqalar, 
yuqori tabaqalar, jamiyat-dagi ―elita qatlamlari madaniyati‖ degan tushunchalar
ham ishlatiladi. Masalan, ayrim tadqiqotchilar kambag‗al tabaqalar madaniyati 
shaxsiy gigiyenadan tortib, bilim darajasigacha bo‗lgan sohalarda past saviyada
namoyon bo‗ladi, deb tushuntiradilar. Jamiyatni umumiy madaniyat asosida 
birlashtirishga intiluvchi ommaviy madaniyat mavjudligi haqida fikr bildiruvchilar
ham bor. 
Yoshlar orasida modaga berilgan xotin-qizlar, ayrim musiqaga berilgan yoki
alohida jargon bilan gaplashishni xush ko‗radigan subkulturalar haqida ham fikr 
mavjud. Shahar madaniyati, qishloq madaniyati, kasb madaniyati – ular o‗rtasidagi
farqlar haqida ham gapiriladi. Bularning hammasi madaniyatning murakkab 
tarkibiy tizimdan iborat ekanligini ko‗rsatadi.
―Madaniyatshunoslik‖ fanida shaxs kamoloti muhim masaladir. Shaxsning 
barkamol inson bo‗lib yetishishida tarixiy, ijtimoiy-madaniy muhitning ta‘siri
katta. Inson ma‘lum ijtimoiy-madaniy muhitda dunyoga keladi, go‗daklik 
chog‗idayoq shaxs ijtimoiy-madaniy muhitni tayyor holda topadi. Mavjud
ijtimoiy-madaniy muhit ta‘sirida shaxs ijtimoiy shaxsga aylanadi. Shaxsning 
ijtimoiylashuvi madaniy-ijtimoiy muhit yaratgan va rioya qilinadigan qadriyatlarni,
urf-odatlarni, axloq-odobni, moddiy va ma‘naviy boyliklarni, g‗oyaviy andozalarni 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling