IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
265
o‗zlashtirish, qabul qilish orqali sodir bo‗ladi, shaxs inson sifatida shakllanadi. Shu
bilan birga, shaxsda o‗tkinchi ehtiyojlarni – yurist, iqtisodchi, injener, shifokor,
pedagog, san‘atkor bo‗lish, boy bo‗lish, amaldor bo‗lish, shon-shuhrat qozonish,
turli unvonlar olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish kabi istaklar ham paydo
bo‗ladi. Buning uchun ta‘lim muassasalarida qunt bilan o‗qib, dunyo va jamiyat,
ularning taraqqiyot qonunlari to‗g‗risidagi umumiy bilimlarni egallash, maxsus
kasbiy fanlarni o‗rganish, izlanish, hayotiy tajriba orttirish, intellektual salohiyatga
ega bo‗lish zarur.
Madaniyat kishining nafaqat ijtimoiylashuvini, shuningdek, jamiyat bilan
integratsiyalashuvini ham ta‘minlaydi. Madaniyat insonga barkamollikka
erishishga, ijodiy kuchlarini namoyon etishga ko‗maklashadi. Shaxsning madaniy
darajasini baholashda uning aqli, tafakkuri, ongi, axloqi, xulq-atvori ham muhim
o‗rin tutadi. Madaniyat insonning yashirin, betakror individual xususiyatlari,
qobilyatlarini ro‗yobga chiqarish, o‗stirish va rivojlantirishga yordam beradi.
Shaxsni barkamol qilib yetishtirishda jamiyat madaniyatining bir qator
tizimlari alohida ahamiyatga ega. Masalan:
Siyosiy madaniyat
– kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, maqsadlarini
ifodalovchi siyosiy-huquqiy g‗oyalar majmuidir. Siyosiy madaniyat jamiyatning
turli ijtimoiy tabaqalari manfaatlari bilan bog‗liq holda vujudga keladi va siyosiy
faoliyatda namoyon bo‗ladi. Har bir ijtimoiy tabaqa o‗zining siyosiy
manfaatlaridan kelib chiqib g‗oyalar, dasturlar ishlab chiqadi, siyosiy tashkilotlar
tuzadi va siyosiy hokimiyat uchun turli usullar, vositalar bilan amaliy harakat
qiladi.
Siyosiy madaniyat
huquqiy madaniyat
bilan bog‗liq. Huquqiy madaniyat
qonunlarni bilish, ularga amal qilish, huquqiy ong, huquqiy saviya, huquqiy
munosabatlar, huquqiy faollik madaniyati demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |