«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet249/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

267 
Madaniyat geografiyasi kishilarning hayot tarzi, kashfiyotlari, hudud va ilohiy 

kuchlarga munosabatlarini o‗rganish sifatida tushuniladi.


U qanday holatda va nima sababdan turli joylarda turlicha ko‗rinishda 
ifodalanishini tadqiq qiladigan inson geografiyasi tarkibidagi mustaqil
yo‗nalishdir. 
U madaniyatning moddiy (kiyim-kechak, arxitektura va b.) va nomoddiy (tili,
dini va e‘tiqodi, xulq-atvori va h.k.) komponentlarining hududiy xususiyatlarini 
o‗rganishni taqozo etadi.
Madaniyatning o‗ziga xos geografik ko‗rinishi – bu tildir. Til insoniyat 
madaniyatidagi mavjud aloqa vositasidir. U bir guruh a‘zolarini bir-birlari bilan
o‗zaro cheksiz xabarlashish imkonini beradi. Biroq, u bir til guruhi a‘zolarini 
boshqa til guruhi a‘zolari bilan xabarlasha olmasliklariga ham sabab bo‗ladi.
Bugungi kunda shevalarni hisobga olmaganda deyarli 3 mingta tilda gapiriladi. 
Ma‘lumotlarga qaraganda, insoniyat paydo bo‗lgandan to hozirgi paytgacha
so‗zlashilgan 4 mingga yaqin til o‗z davrida yo‗qolib ketgan.
Insonlar so‗zlashayotgan tillar soniga ko‗ra juda oddiy tasniflanadi. Dunyo
tillarida ko‗p insonlar, mahalliy tillarda esa kamchilik kishilar gaplashadilar. 
Dunyo tili sifatida ingliz tili taxminan har o‗ninchi kishining ona tilisi va boshqa
ko‗p kishilar uchun ikkinchi til sifatida ifodalanadi. Shuningdek, eng ko‗p kishilar 
tomonidan so‗zlashiladigan xitoy tili o‗zining bir qancha dialektlari bilan Sharqiy
Osiyoda deyarli milliardlab insonlar tilidir. 
Madaniyat geografiyasi aholi so‗zlashuvida mavjud bo‗lgan til oilalarini ham
o‗rganadi. Yer shari aholisi quyidagi til oilalariga mansub: 
1.

Ural tillari oilasi – Rossiyaning Yevropa qismlari va Sibir xalqlari. 


2.
Oltoy tillari oilasi – Turklar, mo‗g‗illar, O‗rta Osiyoning Qirg‗iziston, 


Qozog‗iston, O‗zbekiston, Turkmaniston kabi davlatlar xalqlari.


3.

Xitoy-Tibet tillari oilasi – Sharqiy va Janubiy Osiyo xalqlari.








Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling