IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
266
Iqtisodiy madaniyat
deganda, iqtisodiy bilim, iqtisodiy ong, iqtisodiy
faoliyat, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Shaxs iqtisodiy madaniyati
jamiyat iqtisodiy madaniyatining tarkibiy qismidir. Shaxs iqtisodiy madaniyatining
kamol topishi uchun iqtisodiy qadriyatlarni, iqtisodiy bilimlarni puxta egallashi
lozim, shundagina u erkin iqtisodiy faoliyat yurita oladi.
Axloqiy madaniyat
tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy
faoliyat kiradi. Jamiyat axloqiy madaniyat, axloqiy qadriyatlar tizimini ifodalasa,
shaxs axloqiy madaniyatida axloqiy qadriyatlarning individuallikda qanday
darajada aks etishi ifodalanadi.
Barkamol insonni tarbiyalashda ekologik madaniyat, estetik madaniyat, din,
fan va boshqalar ham muhim ahamiyatga ega.
Ko‗pgina hollarda ―madaniyat‖ va ―sivilizatsiya‖ so‗zlari yonma-yon
ishlatiladi. Masalan, ―Qadimgi Misr sivilizatsiyasi‖, ―Qadimgi Misr madaniyati‖.
Bu atamalar go‗yo bir xil ma‘noni anglatganday ko‗rinadi. Aslida esa, sivilizatsiya
va madaniyat bir-birlaridan farq qiluvchi tushunchalardir. Faylasuflardan
O.Shpengler va A.Berdyayev asarlarida sivilizatsiya – bu insoniyat borlig‗ining
moddiy-texnik tomoni, madaniyat esa uning ma‘naviy tomonidir, deb
tushuntiriladi.
Madaniyat – insoniy munosabatlarda, ya‘ni bir avlodning boshqa avlodga
yoki guruhga bo‗lgan fikrlari va tasavvurlari yordamida hosil bo‗ladi. Insoniy
madaniyatlarning komplekslik xususiyatlari mavjud bo‗lib, bu esa ularni ilmiy
o‗rganishni biroz qiyinlashtiradi. Hattoki eng kichik va sodda madaniy guruhlarda
ham (misol uchun Amazonkadagi kichik ovchilar qabilasida yoki mikroqishloq
aholisida) katta miqdordagi madaniy bilimlar o‗zlashtirilgan bo‗lishi mumkin.
Madaniyat geografiyasi
– Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning bir qismi
bo‗lib, madaniy farqlarning hududiy jihatlarini o‗rganuvchi yo‗nalish hisoblanadi.
Shuningdek, u, eng avvalo, quyidagicha izohlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |