IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
274
Afrika, Osiyo va Okeaniyada saqlanib qolgan mahalliy dinlarga sig‗inuvchilar
sonini aniqlash ancha murakkab. Ularni hisoblashda muayyan dinga mansublik
haqidagi ma‘lumot doim ham haqiqatga to‗g‗ri kelmaydi. Bundan tashqari, mazkur
mintaqalar aholisi statistik jihatdan ham yaxshi o‗rganilmagan. Nihoyatda
taxminiy hisob-kitoblarga ko‗ra, mahalliy dinlarga sig‗inuvchilar soni dunyo
bo‗yicha 100 mln kishi atrofida.
Aholi diniy tarkibi haqidagi ma‘lumotlarning noaniqligi tufayli, turli dinlarga
sig‗inuvchilar soni bo‗yicha o‗sish dinamikasini belgilash ancha mushkul. Shunga
qaramasdan, musulmonlar va induistlar sonining jadal o‗sishi, boshqa dinlarga
e‘tiqod qiluvchilar o‗sish sur‘atining esa pastligi yoki, hatto, kamayishi
kuzatilmoqda. Buning sababi, induizm va islom hukmron bo‗lgan davlatlarda aholi
orasida tug‗ilish sur‘atlarining yuqoriligi bilan bog‗liq. Bundan tashqari, islom dini
Afrikada janubga, uning tropik qismiga tomon jadal siljimoqda, induizm esa
Hindiston qabilalari orasida keng tarqalmoqda.
Yer sharining yirik mintaqalari bo‗yicha diniy guruhlar tarqalishi quyidagi
ko‗rinishga ega:
MDHning katta qismini pravoslav diniga mansub kishilar guruhlari
(Rossiyaning katta hududlari, Ukraina, Belorus, Moldova va Gruziya) tashkil etadi.
Armanistondagi xudojo‗ylar monofisit arman-grigorian cherkoviga mansub,
Litvada katolik dini, boshqa Boltiqbo‗yi davlatlarida – lyuteranlik keng tarqalgan.
Islom diniga Markaziy Osiyo va Qozog‗iston, Kavkazning katta qismi,
Tatariston va Boshqirdiston aholisi e‘tiqod qiladi. Ozarbayjonda, asosan, shia
oqimiga mansub musulmonlar, boshqa hududlarda – sunniylar ko‗pchilikni tashkil
etadi. Buddizm-lamaizmga Buryatiya, Tuva va Qalmig‗iston tub joy aholisi e‘tiqod
qiladilar. Xudojo‗y yahudiylar – iudaistlardir.
Yevropa shimolida protestantlik, Skandinaviya davlatlari, Finlandiya va
Islandiyada – lyuteranlik, Angliyada – anglikanlik, Shotlandiyada – presviterianlik
Do'stlaringiz bilan baham: |