IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
277
induistlar va musulmonlarning ma‘lum guruhlari joylashgan. Janubiy Amerikaning
ichki hududlaridagi hindu qabilalari mahalliy dinlarga sig‗inadilar.
Avstraliya va Okeaniyada xudojo‗ylarning katta qismini turli oqim va
sektalarga bo‗lingan protestantlar, ozroq qismini esa katoliklar tashkil etadi. Yangi
Kaledoniya, Guame hamda Uollis va Futun orollarida katoliklar protestantlarga
nisbatan ko‗proq. Fijida xristianlar bilan bir qatorda, induistlar va musulmonlar
mavjud. Mahalliy dinlarning tarafdorlari, asosan, Vanuatu, Papua-Yangi Gvineya
va Avstraliya tubjoy aholisi orasida saqlanib qolgan.
Xulq-atvor geografiyasi.
Insonning mohiyati va jamiyatda tutgan o‗rni,
o‗zini tutishi, ruhiyati fanlar doirasida keng o‗rganiladi. Turli ilmiy va diniy
ta‘limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo‗lishi tabiiy.
Chunki, inson ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy-
geografik sharoitda o‗zligini teranroq anglashga, yangidan-yangi shart-sharoitlarga
chuqurroq moslashishga, insoniy mohiyatini ro‗yobga chiqarishga intilaveradi.
Suqrotning ―O‘zingni angla‖ degan hikmatli so‗zi ham har bir tarixiy davrda
yangicha ahamiyat kasb etadi. Zero, insonda butun olam va jamiyatning mohiyati
mujassamlashgan. Ulug‗ mutasavvuf Abdulxoliq G‗ijduvoniy insonni ―kichik
olam‖ deb hisoblagan. Yuqoridagi fikrlar kengroq mushohada qilinsa, ularning tub
mohiyati insonning xulq-atvori, ruhiyati, yurish-turishi bilan ko‗proq aloqador
ekanligi ko‗zga tashlanadi.
Inson – o‗zida biologik, ijtimoiy va ruhiy xususiyatlarni mujassamlashtirgan
ongli mavjudot. Uning biologik xususiyatlariga: ovqatlanish, himoyalanish,
o‗zidan zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos bo‗lsa, sotsial
xususiyatlariga: til, muomala, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash,
iste‘mol qilish, boshqarish, o‗z-o‗zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutq, tafakkur,
qadriyatlarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |