«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet261/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

279 
ta‘sirining natijasidir. Shu bilan birga, uning ichki qiyofasi cheksiz sa‘y-harakatlar 

oqibatida tubdan o‗zgartirilishi mumkin. Har bir kishi o‗z xulq-atvorining sohibi


ekanligi olim fikrlarida chuqur mushohada qilingan. 
Shuningdek, vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino asarlarida ham issiq o‗lkalar
tabiati va ularning inson jismiga ta‘siri haqidagi fikrlarni uchratish mumkin. 
Chunonchi, u issiq o‗lkalarda odam tanasining qoramtirligi, sochlarining
jingalakligi, havoda namlikning ko‗p bug‗lanishi natijasida keskin kamayib ketishi 
inson jismining tez qarishiga olib kelishini ta‘kidlagan edi. Olim pastlikda
joylashgan hududlar aholisining doimiy issiqlik va dimlikda yashashlari, bunday 
o‗lkalarda sho‗rxok va botqoqliklarning ko‗pligi sababli suvlar tarkibi ham salbiy
xususiyatlarga ega ekanligini batafsil yoritib bergan. Bunday hududlar aholisi 
ruhiyatida jizzakilik, jahldorlik birmuncha yuqoriligini ta‘kidlab o‗tgan (Abu Ali
Ibn Sino, 1994). 
V.P.Semyonov Tyan-Shanskiy Rossiya antropogeografiyasining eng yirik
nomoyandasi sifatida geografiya fani – ko‗rish, tasavvur qilish, ko‗rish xotirasi 
orqali egallanadigan fan deb ta‘riflaydi. Ko‗pgina sohalardagi kabi geografiyada
―intuitsiya‖ muhim o‗rin egallaydi. Aynan intuitsiya xuddi san‘atdagi singari 
geografiya fanini aniqlikka yetaklaydi, deya ta‘kidlaydi. Ushbu fikrlar esa xulq-
atvor geografiyasining asosiy g‗oyalaridan biridir. 
Xulq-atvor geografiyasi bilan bog‗liq tadqiqotlar Rossiyada ilk marta 1940-
1950-yillarda olib borilgan va bunda aholi migratsiyasi bilan bog‗liq ilmiy ishlarda 
mazkur sohaga doir ma‘lumotlarga zarurat tug‗ildi. Chunonchi, L.I.Mechnikov
insoniyat tarixida turli tabiiy geografik omillar ta‘sirini o‗rganib, buyuk daryolar 
sivilizatsiyasi yoki daryo madaniyati konsepsiyasni yaratdi. E.F.Zyablovskiy o‗z
fikrlarida ko‗proq xulq-atvor geografiyasi atamasi o‗rnida urf-odat geografiyasi 
atamasini qo‗llashni lozim, deb bilgan. E.G.Milyukov jinoyatchilik bilan bog‗liq
masalalar ham aynan xulq-atvor geografiyasi tomonidan o‗rganilishi zarurligini 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling