«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet260/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

278 
Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U mukammal va 

murakkab mavjudot sifatida o‗z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini


ta‘minlaydi. Shu bos, insonga xos bo‗lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy 
xususiyatlardan ustun qo‗yish yoki ruhiy xususiyatlarni bo‗rttirish uning
mohiyatini buzib talqin etishga, bir yoqlamalikka olib keladi. 
Insonning ruhiy xususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g‗am-
tashvish, qayg‗u, iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat va boshqalar kiradi. Aynan 
ana shu holatlarga atrof-muhitning ta‘siri va uning hududiy jihatlari xulq-atvor
geografiyasi tomonidan o‗rganiladi. 
Ta‘kidlash joizki, bu boradagi izlanishlar ancha ilgari buyuk mutafakkirlar
asarlarida batafsil yoritib berilgan. Jahon tibbiyotida o‗chmas iz qoldirgan mashhur 
yunon olimi Gippokrat (mil.avv. 460-377) ham inson ruhiyatida tashqi muhit
ta‘sirini alohida uqtirib o‗tgan. Gippokrat tabib va sayyoh edi, ya‘ni u ko‗p sayohat 
qilar, turli mamlakatlarda bo‗lar ekan, o‗sha yerlardagi odamlarning turmush tarzi
va urf-odatlari, davlatlarning iqlimi, suvi, havosi va boshqa tabiiy sharoitlarining 
inson ruhiyatiga ta‘sirini ham o‗rgangan. Gippokrat har xil geografik sharoitlarda
turlicha odamlar yashashini ko‗rdi, ularning o‗z tana tuzilishlari, yurish-turishi 
bilan farq qilishlarini aniqladi.
Olim bu haqda ―Havolar, suvlar va joylar‖ nomli asarida shunday degan edi: 
―Odam organizmining tabiatini tashqi muhit belgilaydi. Jamiyat esa o‗z qonun-
qoidalari bilan odam tabiatini o‗zgartirishi mumkin‖. Bundan shuni e‘tirof etish 
mumkinki, Gippokrat inson organizmiga ijtimoiy muhitning ta‘sirini ham yaxshi
anglagan. 
Beruniy o‗zining ―Qadimiy xalqlardan qolgan yodgordiklar‖ asarida birinchi
bo‗lib odam rangi, qiyofasi, tabiati va axloqi turlicha bo‗lishini ular yashaydigan 
tuproq, suv, havo va yerga ham bog‗liqligini ta‘kidlab, geografik aloqadorlik
g‗oyasini ilgari suradi. Beruniyning fikricha, inson ichki va tashqi qiyofasi tabiat 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling