IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
275
ustunlik qiladi. Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Ispaniya, Portugaliya, Italiya,
Avstriya va Maltada katolik dini tarqalgan. Markaziy Yevropada katoliklar va
protestantlar soni deyarli teng, biroq, Germaniyada protestantlar orasida
lyuteranlar, Shveytsariya va Gollandiyada esa – reformatlar ustunlik qiladi.
Gretsiyada ko‗pchilik xudojo‗ylar pravoslavlardan, Turkiyaning Yevropa qismida
esa musulmonlardan iborat. Polsha, Chexiya, Slovakiya va Vengriya aholisi
orasida katoliklar, Bolgariya va Ruminiyada – pravoslavlar, Germaniyada –
protestantlar (asosan, lyuteranlar), Albaniyada – musulmonlar (sunniylar)
ko‗pchilikni tashkil etadi. Sobiq Yugoslaviya respublikalarida ko‗proq
pravoslavlar, qisman katoliklar va musulmonlar mavjud.
Osiyo aholisi diniy jihatdan nihoyatda xilma-xil. Islom barcha Old Osiyo
mamlakatlarida (Isroil, Kipr va Livandan tashqari), Pokiston, Bangladesh, Maldiv
orollari, Indoneziya va Malayziyada yetakchilik qiladi. Kipr, Sharqiy Timor,
Hindiston, Shri-Lanka, Filippin aholisining muayyan qismi musulmonlardan
iborat. Ko‗pchilik mamlakatlarda islom-ning sunniy mazhabi hukmronlik qilsa,
Eronda shialikning mavqei yuqori. Iroq, Yaman Arab Respublikasi va Bahraynda
sunniylar va shialar soni deyarli teng. Eron, Hindiston, Pokistonda
zoroastriylarning, Eron, Iroq va Turkiyada – yazidlarning kamsonli guruhlari
mavjud.
Hindiston va Nepal induizm tarqalgan asosiy hududlardir. Induistlar Shri-
Lanka va Bangladesh hamda Indoneziyaning Bali oroli aholisi orasida ham
uchraydi.
Hindixitoy mamlakatlari va Shri-Lankada aholining ko‗pchiligi buddistlardan
iborat (Vyetnamda – maxayana mazhabi, boshqalarda – txeravada). Shu bilan
birga, ayrim Sharqiy Osiyo mamlakatlari aholisi maxayana buddizmidan tashqari,
bir vaqtning o‗zida boshqa dinlarga: jumladan, Xitoyda – konfutsiylik va
Do'stlaringiz bilan baham: |