«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotsial geografiyaning obyekti, predmeti va vazifalari.
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 284
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
283 7. Xulq-atvor geografiyasi mazmun-mohiyatini nima tashkil qiladi? 8. Urf-odatlar geografiyasi haqida nimalarni bilasiz? 16-BOB. SOTSIAL GEOGRAFIYA Reja: 16.1. Sotsial geografiyaning obyekti, predmeti va vazifalari. 16.2. Sotsial geografiyaning shakllanish tarixi. 16.3. Sotsial-geografik tadqiqotlar. 16.4. Sotsial geografiyaning muhim vazifalari. Sotsial geografiyaning obyekti, predmeti va vazifalari. Insoniyat taraqqiyoti asrlar davomida turli xil fanlar va ularning yutuqlari asosida shakllanib, rivoj topib kelgan. Shu nuqtai nazardan fanlar tizimida geografiya fani ham o‗z mavqeiga ega va uning rivojida ko‗plab yangi-yangi tadqiqot va izlanishlar bo‗lishi tabiiy. Xususan, keyingi yillarda mustaqil respublikamizda an‘anaviy iqtisodiy geografiyaning sotsiallashuvi va uning keng ma‘nodagi sotsial geografiyaga aylanib borish jarayoni sodir bo‗lmoqdaki bu, albatta, ijobiy holatdir. Sotsial geografiya aholini yashash tarzi va sharoiti, dini, urf-odati, milliy qadriyatlari, dam olishi, davolanishi kabi ko‗pgina sotsial hodisa va voqealarning hududiy tomonlari va xususiyatlari to‗g‗risida ma‘lumot beradi. Demak, sotsial geografiya aholining sotsial (ijtimoiy) va tabiiy muhit bilan aloqasini o‗rganadi. Sotsial geografiyaning eng muhim tushunchalaridan biri bu ―sotsial makon‖ tushunchasidir. Sotsial makon deganda, eng avvalo, kishilarning kundalik muayyan hududdagi hayotini, o‗zaro aloqalarini tushunamiz. Bunda turli kasb, millat, yosh va jinsdagi aholining yashash joyi, uning hududiy umumiyligi (sotsiumi) nazarda tutiladi. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 284 Yana shuni ta‘kidlash kerakki, sotsial geografiya tarkibiga bevosita aholiga xizmat ko‗rsatish sohalari geografiyasini kiritib bo‗lmaydi, chunki mazkur yo‗nalish professor A.S.Soliyev ta‘biri bilan aytganda, ―bevosita sotsial va ijtimoiy-iqtisodiy geografiya o‗rtasida turadi va u iqtisodiy geografiyaning sotsiallashuvi yo‗nalishidagi dastlabki muhim bo‗g‗in bo‗lib xizmat qiladi‖. Hozirgi kunda ―Sotsial geografiya‖ fani tez rivojlanayotgan fanlar qatoriga kiradi. Sotsial geografiya bilan bog‗liq tadqiqotlarning roli va ahamiyati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etib, endilikda uning tadqiqot doirasi tobora kengayib bormoqda. Ushbu fan yo‗nalishining noan‘anaviy sohalariga tibbiyot geografiyasi, jinoyatchilik geografiyasi, din, turizm, rekreatsiya, fan va ta‘lim geografiyasi singarilarni kiritish mumkin hamda ular sotsial geografiyaning mazmunini yanada boyitadi, zamonaviylashtiradi. Aytish joizki, zamonaviy iqtisodiy va sotsial geografiyada bevosita aholi bilan bog‗liq masalalarni o‗rganish muhim o‗rin egallaydi. Ayniqsa, uning tarkibiga kiruvchi sotsial geografiyada jamiyat, aholi va uning sotsial jihatlari bilan bog‗liq qonuniyatlarni o‗rganish katta ahamiyat kasb etadi. So‗nggi davrlarda an‘anaviy iqtisodiy va sotsial geografiya fanining tadqiqot obyekti va predmeti sezilarli darajada kengayib bormoqda. Avvallari ilmiy tadqiqotlarning bosh mavzusi sifatida asosida ko‗proq, sanoat, qishloq xo‗jaligi, ishlab chiqarish kuchlari va ularni rivojlantirish masalalari yotgan bo‗lsa, bugungi kunga kelib, aholi va u bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan jihatlarni o‗rganishga, ayniqsa, uning sotsial jihatlari, salomatligi, dam olishi, davolanishi, turmush tarzi, urf-odatlari, dini, bilan bog‗liq jihatlarni o‗rganishga qiziqish ortdi va bu boradagi ilmiy izlanishlarning hajmi ortib bormoqda. Jahonda XX asrning o‗rtalaridan boshlab bir qator iqtisodiy fanlardagi ―sotsiallashuv‖ jarayoni iqtisodiy geografiyaga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Bu holat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling