«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet266/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

285 
keyinchalik aholi geografiyasining va u bilan bog‗liq tarzda, sotsial geografiyaning 

shakllanib borishiga zamin yaratdi.


Shuni ta‘kidlash kerakki, dastavval, XX asrning 30-yillaridayoq 
N.N.Baranskiy ―sotsial geografiya‖ni yaratish masalasini ko‗ndalang qo‗ygan edi
va keyinroq, uning muhim masalalarini (aholi geografiyasi, shaharlar geografiyasi 
va b.) o‗rgandi. O‗sha davrdayoq N.N.Baranskiy: ―Iqtisodiy – geograf nafaqat
aholining tarkibi, joylashuvi, aholi manzilgohlarining tavsifini, balki uning 
ruhiyati, urf-odatlari va madaniyatini ham bilishi kerak‖ ekanligini ta‘kidlagan edi.
Aholining mehnat qilishi, dam olishi, ruhiy kechinmalari, sog‗lig‗ini saqlash 
va boshqa ijtimoiy, madaniy-ma‘naviy hayot faoliyatlari bilan bog‗liq masalalar
xorijda, shuningdek, sobiq Ittifoq iqtisodiy geografiyasi doirasida ham o‗rganib 
kelingan. Shuning uchun ham Y.G.Saushkin ijtimoiy geografiyani iqtisodiy
geografiyadan ajratish, iqtisodiy va sotsial geografiyaning rivojlanishiga zid 
ekanligini, real borliqni anglashga to‗la javob bermasligini, ya‘ni insonni ijtimoiy
hayoti murakkabliklari bilan iqtisodiy geografiyadan ajratib bo‗lmasligini ham 
uqtiradi (Nazarov M., Tojiyeva Z. Ijtimoiy geografiya, 2003).
Hozirgi kunda ijtimoiy geografiyaning tor va keng ma‘nodagi talqini 
professor A.S.Soliyev tomonidan e‘tirof etilgan. Olimning ta‘kidlashicha, tor
ma‘nodagi sotsial geografiya – bu bevosita inson hayoti bilan borliq masalalari 
hududiy jihatlarini, uning o‗zi yashab turgan muihiti bilan munosabatini
o‗rganuvchi fandir. Keng ma‘nodagi ijtimoiy geografiya esa o‗z ichiga tor 
ma‘nodagi sotsial geografiya va insonning ijtimoiy hayot tarzi, madaniy, ma‘naviy,
ruhiy rivojlanishi masalalarining hududiy qirralarini ham qamrab oladi. 


Sotsial geografiyaning shakllanish tarixi.
Tarixiy ma‘lumotlarga nazar 
tashlasak, sotsial geografiyaning rivojlanishidagi dastlabki qadamlar xorijda
ko‗zga tashlanadi. Xususan, ―sotsial geografiya‖ tushunchasi XIX asrning 
oxirlaridayoq fransuz maktabi vakili, iqtisodchi va sotsiologi Le-Ple tomonidan






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling