«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet267/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

286 
foydalanilganligi manbalardan ma‘lum. Yana bir tadqiqotchi G.S.Dunbarning 

ta‘kidlashicha, ushbu tushuncha ilk bor P.de-Ruzening 1884-yilda chop etilgan


sotsial geografiya bo‗yicha izlanishlarida qo‗llanilgan (Nazarov M., Tojiyeva Z. 
Ijtimoiy geografiya, 2003).
Le-Ple ilmiy maktabining taniqli namoyandasi E.Demolen esa sotsial 
geografiyani ―sotsiogeografiya‖ tarzida talqin qiladi va uning mohiyati mahalliy
shart-sharoitlar (shu jumladan, tabiiy sharoitlar)ni ijtimoiy rivojlanishga, ―ijtimoiy 
guruh‖larning vujudga kelishiga ta‘siri sifatida tushuntiradi.
1895-yili ilk bor ―Sotsial geografiya‖ tushunchasi E.Reklyuning ―Umumiy 
geografiya‖ asarida qo‗llanildi. Bunda u sotsial geografiyani tabiiy shart-
sharoitlarning kishilarni mehnat va turmush tarziga hududiy jihatdan ta‘sir etishi 
ma‘nosida qo‗llagan.
XX asrning boshlarida Niderlandiyada geografiya va sotsiologiyaning 
uyg‗unlashuvidan vujudga kelgan ―yangi fan‖ – sotsial geografiya paydo bo‗ldi.
Uning predmeti ―jamiyatdagi guruhlar va o‗zaro aloqadorliklarning regional 
taqsimlanishini o‗rganish‖ deb tushuniladi. Mazkur fan tarmog‗ining aynan
Gollandiyada paydo bo‗lishi ham bejiz emas. Chunki, uning amaliy vazifalari
aholisi zich va yer resurslari taqchil bo‗lgan Gollandiyada mintaqaviy rejalashtirish
masalalarini hal etishda o‗ta dolzarb ahamiyat kasb etdi.
Sotsial geografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishiga sobiq Ittifoq geograf
olim va tadqiqotchilari ham munosib hissa qo‗shganlar. Bu davrda sotsial 
geografiyaning rivojlanishida shartli uch bosqichni ajratib ko‗rsatish mumkin:
1. XX asrning 50-yillarigacha bo‗lgan davr. 
2. XX asrning 50-70 yillari.
3. 70-yillardan hozirgacha bo‗lgan davr. Sotsial geografiyaning nazariy va 
amaliy jihatlari aynan mana shu davrda sezilarli tarzda rivojlandi. Ayniqsa, aholiga
xizmat ko‗rsatish sohalari geografiyasi bo‗yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi.





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling