IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
282
ikkilamchi
makon – sotsial hududlar (guruhlar). Bunda bir xil o‗xshash
hodisalar ko‗zga tashlanadi, hayotiy faollik darajasi ancha past, xulq-atvorida
ochiq munosabatlar ko‗zga tashlanadi;
jamoaviy
makon – sotsial huquq va me‘yorlar amal qiladigan, yurish-
turishda chegaradan chiqmaydigan, istalgan kishi foydalanadigan, vaqtinchalik
hudud.
Xulq-atvor geografiyasidagi muhim tushunchalardan biri – bixeviorizm
tushunchasi bo‗lib, u inson xulq-atvorining xilma-xil jihatlarini o‗rganuvchi ilmiy
qarashlar majmuidir. Shuningdek, u kishilarning tabiiy va sotsial muhitga
moslashuvi, ularning aqli va qilmishlariga bunday muhitning ta‘sirini o‗rganadi.
Muhit bilan bixeviorizm birgalikda xulq-atvor geografiyasi mazmun-mohiyatini
tashkil qiladi.
Umuman olganda, inson xulq-atvori, urf-odatlari, yurish-turishi va ruhiy
kechinmalari ham hududiy tafovutlarga ega. Chunki hududlar o‗z iqlimi, relyefi,
suv va tuprog‗i, iqtisodiy-ijtimoiy jihatlari bilan o‗zaro farqlanadi. Ularning
barchasi kishilar xulq-atvorining hududiy tomonlarini va uning geografik
xususiyatlarini izohlab beradi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1.
Madaniyat geografiyasi nimani o‗rganadi?
2.
Jahon aholisining til oilalarini aytib bering.
3.
Jahon aholisining diniy tarkibini izohlang.
4.
Xulq-atvor geografiyasi borasida ilmiy izlanishlar olib borgan xorij
olimlari kimlar?
5.
Inson xulq-atvori, urf-odatlari, yurish-turishi va ruhiy kechinmalari
hududiy tafovutlarga ega ekanligini izohlab bering.
6.
Doimiy tumanli yoki bulutli o‗lkalar tabiati kishilarning xulq-atvoriga va
umumiy kayfiyatga qanday ta‘sir qiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |