«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
273 taxminan, 1.2 mlrd kishidan ortiq bo‗lib, shundan katoliklar – 700 mln, protestantlar – 400 mln va pravoslavlar – 100 mln kishi atrofida. Katoliklarning asosiy qismi Amerikada (ular umumiy sonining yarmidan ko‗prog‗i) to‗plangan; Yevropada, taxminan, 200 mln kishi, Osiyo va Afrikada – 100 mln kishidan iborat. Protestantlarning 40 foizi Amerikada, 1/3 qismi Yevropada (asosan, qit‘aning shimoliy qismida), Afrika va Osiyoda, mos ravishda, 40 va 70 mln, Avstraliya va Okeaniyada – 20 mln kishi. Pravoslavlar va boshqa Sharqiy cherkovlar izdoshlari Janubi-Sharqiy Yevropa, Rossiya va Shimoli-Sharqiy Afrika aholisi orasida keng tarqalgan. Protestantlarning eng yirik guruhlaridan baptistlar – 75 mln, lyuteranlar – 70 mln, anglikanlar – 67 mln, reformatlar va presviterianlar – 52 mln, metodistlar – 43 mln, pyatidesyatniklar – 8 mln, Iegova guvohlari – 5 mln, ―qutqarish armiyasi‖ izdoshlari – 5 mln, mormonlar – 4 mln, kongregasionalistlar – 3 mln, yettinchi kun adventistlari – 3 mln kishini tashkil etadi. Sharqiy cherkovlar vakillari orasida – taxminan 20 mln monofisitlar va 100 ming kishi nestorianlardan iborat. Induistlar taxminan 550 mln, buddistlar – 300 mln (ular orasida maxayanistlar – 60% atrofida), konfutsiylar – 200 mln, sintoistlar – 100 mln, daosistlar – 30 mln, sikxlar – 15 mln, jaynlar – 4 mln, zoroastrizm tarafdorlari – 300 ming, yazidlar – 100 ming kishiga teng. Iudaistlar (yevrey yoki yahudiylar) 15 mln kishi atrofida bo‗lib, ularning yarmidan ko‗prog‗i Amerika xalqlari hissasiga to‗g‗ri keladi. Musulmonlar orasida tug‗ilishning yuqoriligi tufayli keyingi yillarda ularning soni nasroniylardan oshib ketdi (1,5 mlrd. kishi atrofida). Ularning, taxminan, 90 foizi sunniylar, 9.5 foizga yaqini shialar va 0.5 foizi xorijiylardan iborat. Islomga e‘tiqod qiluvchilar, asosan, Shimoliy Afrika va Osiyoda (uning Sharqiy qismi bundan mustasno) jamlangan. Boshqa barcha dinlarning izdoshlari, asosan, Osiyo aholisi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling