«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet258/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

276 
daosizmga, Koreyada – konfutsiylikka, Yaponiyada – sintoizmga ham e‘tiqod 

qiladilar. Mo‘g‗ulistonning xudojo‗y aholisi – lamaist buddistlardir.


Osiyoning faqat ikki mamlakati, ya‘ni Filippin (asosan, katoliklar) va Kiprda 
(pravoslavlar) nasroniylar yetakchilik qiladi. Mazkur dinga sig‗inuvchilar Livan
aholisi yarmidan ozrog‗ini tashkil etadi (maronitlar).
Osiyoda qabilaviy ibodat izdoshlari soni izchil kamayib bormoqda. Hozirgi
paytda ular faqat Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning borish qiyin bo‗lgan tog‗li 
o‗lkalaridagina saqlanib qolgan.
Afrikaning barcha arab davlatlarida, Somali va Jibutida islomning sunniy 
mazhabi hukmronlik qiladi. Sahroi Kabirdan janubda joylashgan bir qator
mamlakatlarda (Sudan, Chad, Niger, Yuqori Volta, Mali, Senegal, Gambiya, 
Gvineya, Gvineya-Bisau, Serra-Leone, Liberiya) musulmonlardan tashqari,
mahalliy dinlarga sig‗inuvchi muayyan guruhlar saqlanib qolgan. Efiopiya 
aholisining 2/3 qismi nasroniylikning monofisit mazhabiga mansub. Nigeriyada
musulmonlar, asosan, mamlakat shimolida joylashgan bo‗lib, aholining yarmidan 
ko‗prog‗ini tashkil etadi. Shu bilan birga, bu yerda nasroniylar va mahalliy
dinlarga sig‗inuvchi guruhlar ham mavjud. Qit‘aning boshqa mamlakatlarida 
nasroniylar (protestantlar va katoliklar) hamda mahalliy dinlarga sig‗inuvchi
guruhlar turlicha nisbatda taqsimlangan. Umuman, yer sharida saqlanib qolingan 
mahalliy dinlarga sig‗inuvchilarning deyarli 80 foizi Afrikada jamlangan.
Deyarli barcha Amerika mamlakatlarida nasroniylik boshqa dinlardan 
ustunlik qiladi. AQSh va Kanadada protestantlar ko‗p bo‗lib, ular, o‗z navbatida,
xilma-xil diniy oqim va sektalarga bo‗linib ketganlar. Janubiy va Markaziy 
Amerika aholisining ko‗pchiligi – katoliklar. Vest-Indiyaning bir orolida son
jihatdan katoliklar ustun bo‗lsalar, boshqasida – protestantlar. Kuba, Gayana, 
Surinam hamda Trinidad, Tobagoda katolik hamda protestantlardan tashqari






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling