9-Mavzu: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani rivojlanishini hozirgi bosqichi ning xususiyatlarini o’rganish. Amaliy mashg’ulotning maqsadi


Download 427.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi427.18 Kb.
#1385162
  1   2
Bog'liq
9-Амалий Иқ-иж



9- Amaliy mashg’ulot 
9-Mavzu:Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani rivojlanishini hozirgi bosqichi 
ning xususiyatlarini o’rganish. 
Amaliy mashg’ulotning maqsadi: XX asrning ikkinchi yarmida tarmoq 
tadqiqotlarining kengayishi. Ijtimoiy geografiyada matematiklashtirish jarayonlari.
Fanning ijtimoiylashuvi va ekologiyalashuvi jarayonlari. XXI asrning 
boshlarida iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. Fanning rivojlanishidagi asosiy 
tendentsiyalar. Muammoli tadqiqotlar sonining ortib borishi 
Bajariladigan topshiriqlar:
1.Adabiyotlardan foydalangan holda 
1-topshiriq Adabiyotlardan foydalangan holda XX asrning ikkinchi yarmida 
tarmoq tadqiqotlarining kengayishi haqida yozma matn tayyorlash. 
2-topshiriq 
Adabiyotlardan 
foydalangan 
holda 
Ijtimoiy 
geografiyada 
matematiklashtirish jarayonlari haqida yozma matn tayyorlash. 
3-topshiriq Adabiyotlardan foydalangan holda Fanning ijtimoiylashuvi va 
ekologiyalashuvi jarayonlari. XXI asrning boshlarida iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiyasi haqida yozma matn tayyorlash.. 
Geografiya fanining rivojlanishi Antik davrga, mamlakatlar o„rtasida hududiy 
(geografik) mehnat taqsimoti, ya‟ni har bir hududning o„ziga xos tabiiy sharoiti va 
resurslari, iqtisodiy geografik o„rni, xalqlarning urf-odatlari va an‟anlari asosida 
ma‟lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko„rsatishga ixtisoslashishi va 
ular o„rtasida tovar ayirboshlash jarayonining shakllanishi davriga borib taqaladi.
Mamlakatlar o„rtasida hududiy mehnat taqsimotining shakllanishi geografiya fanlari 
tizimida dastlabki iqtisodiy geografik tadqiqotlarning vujudga kelishiga olib keldi. 
Qadimgi yunon olimi Strabon o„zining 17 tomlik “Geografiya” deb nomlangan 
asarida, aholining hududiy joylashuvi, mamlakatlar va hududlar o„rtasidagi tovar 
ishlab chiqarish va savdo-sotiq aloqalarini yoritgan.
Ayniqsa, milodning V asridan XVII asr o„rtalariga qadar bo„lgan davrda ishlab 
chiqarish kuchlarining sezilarli taraqqiyoti (foydali qazilmalardan keng foydalanish
metall eritish, ip va shoyi gazlamalar to„qish, gilam, qog„oz va chinni buyumlar 
ishlab chiqarish, shamol va suv kuchidan foydalanish, kemachilikning rivojlanishi va 
dastlabki geografik kashfiyotlar, mamlakatlarning siyosiy, savdo va madaniy 
markazlari sifatida shaharlar rolining ortishi, fanning taraqqiyoti, ichki bozorning 
shakllanishi) hamda davlatlar o„rtasidagi savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida 
sharqiy yarimsharda 3 ta yirik mintaqaviy savdo markazlarining (Janubiy va Janubi-
Sharqiy Osiyo, Yevropa – Venetsiya, Genuya, Ginza Ittifoqi va Yaqin Sharq) 
shakllanishi xalqaro bozorning yuzaga kelishi uchun shart-sharoit hozirladi. O„z 


navbatida, kapitalning dastlabki jamg„arilishi jarayoni, tabiiy fanlar ravnaqi, 
xalqlarning millat bo„lib shakllanishi, Buyuk geografik kashfiyotlar, aholi migratsion 
harakatlarining boshlanishi, xalqaro savdoning kuchayishi xalqaro bozorlarning 
yuzaga kelishiga, mustamlakachilikning boshlanishiga va dastlabki iqtisodiy hamda 
iqtisodiy geografik qarashlarning ta‟limot sifatida mujassamlashuviga olib keldi. 
Ma‟lumki, Buyuk geografik kashfiyotlar xalqaro savdo va ilk kapitalistik 
munosabatlarning rivojlanishiga sabab bo„lgan. Bu davrda hududiy mehnat 
taqsimotining chuqurlashishi va jahon xo„jaligining shakllanishi, o„z navbatida, 
iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishida muhim bosqich bo„ldi. O„sha davrlarda 
mamlakatlar va ularning hududiy birliklari haqidagi iqtisodiy geografik tavsif g„arbiy 
yevropalik olimlarning asarlarida chuqur talqin etilgan. Ayniqsa, ilk geografik 
bilimlarning nazariy jihatlari mamlakatning rivojlanishida alohida ahamiyatga ega 
bo„lgan iqtisodiy geografik o„rin, yerning ustki tuzilishi, aholining tarkibi, shaharlar, 
siyosiy tuzum masalalariga qaratilgan. Ayni paytda, buyuk geografik kashfiyotlar 
natijalari va keyinchalik mustamlaka yoki qaram mamlakatlarning vujudga kelishi, 
dengiz tadqiqotlarining rivojlanishi va boshqa omillar davlatlararo savdo-sotiq 
ishlarini olib borishda tijorat geografiyasining vujudga kelishiga sabab bo„ldi. Bu 
yo„nalish, dastavval, eng ko„p mustamlaka mamlakatlariga, qulay transport geografik 
mavqega va yuksak dengiz kemachiligiga ega bo„lgan Angliyada rivojlana boshladi.
XVI asr va XVII asrning birinchi yarmida texnika taraqqiyoti sanoatning 
rivojlanishiga, transport va savdo aloqalariga kuchli ta‟sir qildi. XVII asr o„rtalaridan 
boshlab Yevropada fabrika va zavodlarning ishlab chiqarishda bosh sohaga aylanishi, 
Angliyaning jahon iqtisodiyotida muhim o„rin tutishi, milliy xo„jalik tizimlarining 
baynalmilallashuvi va geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab 
chiqarishni oqilona joylashtirish nazariyalarini yuzaga keltirdi.
XIX asrning 70-yillari va XX asr boshlariga qadar bo„lgan bosqichda yirik sanoat, 
zamonaviy transport va xalqaro bozorlar jahon xo„jaligining shakllanishi va 
rivojlanishiga olib keldi. Bu bosqichda sanoatni oqilona joylashtirish – “shtandort” 
nazariyalarining yuzaga kelishi iqtisodiy geografiyani fan sifatida shakllanishi uchun 
shart-sharoit hozirladi.
“Iqtisodiy geografiya” tushunchasi M.V.Lomonosov tomonidan 1760-yildan ishlatila 
boshlagan bo„lsa-da, iqtisodiy geografik tasavvurlar insoniyatning o„zlashtiruvchi 
iqtisodiyot bosqichidan shakllangan. Birinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti 
dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi hamda uning ishlab chiqaruvchi 
iqtisodiyotga o„tishi, sug„orma dehqonchilikning “Buyuk” tarixiy daryolar va O„rta 
dengiz sohili bo„ylarida yuzaga kelishi, ikkinchi yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti 
hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlar va savdo-sotiqning taraqqiyoti iqtisodiy 
geografik bilimlarga bo„lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi va iqtisodiy geografik 


tasavvurlar doirasi kengaydi. Mulkchilik munosabatlarining yuzaga kelishi, 
qo„shimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari, fan, madaniyat, arxitekturaning 
rivojlanishi, qadimgi davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi, boshqaruv 
shakllarining (monarxiya va demokratiya) yuzaga kelishi iqtisodiy geografiyani fan 
sifatida shakllantirdi.
“Iqtisodiy geografiya” fanining shakllanishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining 
hududiy tomonlariga bog„liq bo„lgan o„zgarishlar bilan belgilandi. Mavjud ilmiy 
manbalarni o„rganish shuni ko„rsatadiki, iqtisodiy geografiyaning vujudga kelishida 3 
yo„nalish yoki omil asosiy sabab bo„lgan. Bu ham bo„lsa, eng avvalo, kameral 
statistika, tijorat geografiyasi, siyosiy va harbiy geografiyadir. Ushbu yo„nalishlar 
rivojlangan feodalizm va kapitalizmning shakllanishi davriga to„g„ri kelib, ular 
ko„proq G„arbiy Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya, Britaniya, Fransiya, 
Shvetsiya, Avstriya kabi davlatlar hamda Rossiyada paydo bo„ldi. Bu bejiz emas, 
albatta. Chunki bu mamlakatlarda fan-texnika sohasining taraqqiy etishi, sanoat 
inqilobining ro„y berishi va dastlabki bozor iqtisodiyoti munosabatlarining 
shakllanishi ishlab chiqarishning va buning natijasida mamlakat hududlari 
to„g„risidagi iqtisodiy bilimlarning rivojlanishiga olib keldi.
Rossiyada kameral statistika yoki “Siyosiy arifmetika” davlatshunoslik, davlatning 
boyligi – yeri, mablag„i va aholisini hisob-kitob qilish, uni boshqarish, soliq va askar 
to„plash kabi masalalar bilan shug„ullangan holda, V.N.Tatishyev, ota-o„g„il 
P.P.Semyonov va V.P.Semyonov Tyan-Shanskiylar faoliyati bilan bog„liq bo„ldi. 
O„sha paytlarda statistika o„z qamroviga etnografiya va harbiy geografiya masalalari 
hamda savdo-sotiq ishlari bilan shug„ullanuvchi tijorat geografiyasiga doir 
muammolarni ham olar edi. V.N.Tatishyev (1686-1750) geografiya fanini “sifat” 
jihatidan 3 ga bo„lgan: matematik geografiya (ya‟ni hozirgi geodeziya va 
kartografiya), tabiiy geografiya hamda siyosiy geografiya.
1830-yil Britaniyada turli geografik klublar birlashuvi asosida Qirollik geografiya 
jamiyati (Royal Geographical Society) vujudga keldi. Mazkur jamiyat dunyo 
haqidagi tadqiqotlarni va geografik ma‟lumotlarni o„zaro almashish maqsadida 
tuzilgan edi.
Shvetsiyada geografiya Britaniyaga qaraganda kechroq rivojlandi. Ilk marotaba X.X. 
fon Shverin 1879-yilda Lund oliygohida “Geografiya” fanidan ma‟ruza o„qishni 
boshladi. 1910-yilda esa Uppasla, Gyoteborg va Stokgolm iqtisodiyot oliy 
maktablarida ham “Geografiya” fanini o„qitish yo„lga qo„yildi.
Siyosiy va harbiy geografiya Rossiyada XIX asr o„rtalarida vujudga kelib, keng 
tarqala boshladi. “Siyosiy geografiya” hamda “Harbiy geografiya” tushunchalarini 
ham birinchi marta M.V.Lomonosov qo„llagan edi. Bu yo„nalishlar o„z obyekti va 
mohiyatiga ko„ra bir-birlariga juda yaqin turdosh bo„lib, o„zaro aloqadorlikda 
rivojlanib keldi. Rossiyadagi Ulug„ Vatan va Qrim urushlari, boshqa siyosiy 


voqealar, Yevropa mamlakatlaridagi inqilobiy o„zgarishlar, yangi davlatlarning 
shakllanishi va yangi ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishi siyosiy va 
harbiy geografiyaning paydo bo„lishiga zamin yaratdi.
XIX asrning birinchi yarmida rus harbiysi, professor P.A.Yazikov ikki qismdan 
iborat “Harbiy geografiyaning nazariy tajribasi” mavzuida asar yozgan bo„lsa, shu 
asrning o„rtalariga kelib harbiy akademiya bosh shtabi qoshida professor 
D.A.Milyutin (1816-1912) “Harbiy geografiya” kafedrasini tashkil etdi. Harbiy 
geografiya faqat urush-yurishlar bilan aloqador masalalar bilangina emas, balki 
mamlakatning iqtisodiy va demografik qudrati, qazilma boyliklari, ulardan 
foydalanish kabi muammolar bilan ham shug„ullanar edi. Shu bilan birga, harbiylar 
juda ko„p geografik ekspeditsiyalarni tashkil etdilar va ularning o„zlari bu tadbirlarda 
faol qatnashdilar. Masalan: rus geografiya jamiyatining ta‟sis etilishi va uning 
faoliyatida admiral V.P.Litke, kartografiya va geografiyaning rivojlanishida general-
leytenant V.V.Vitkovskiylarning xizmati samarali bo„lgan. Qozoq geografi va 
etnografi Ch.Valixonov, Markaziy Osiyoni o„rgangan V.M.Prjevalskiylar ham harbiy 
zobit bo„lgan.
Bu o„rinda shuni qayd etish lozimki, garchi harbiy geografiya fan sifatida XVIII 
asrdan e‟tirof etilsa-da, harbiy geografiyaga doir bilimlar uzoq davrlardan buyon 
shakllanib kelgan, o„rganilgan hamda qo„llanilgan. Bunga ajdodlarimiz Amir Temur 
va Zahiriddin Muhammad Bobur hayotlaridan ko„plab misollar keltirish mumkin.
Xo„sh, harbiy geografiya o„zi qanday fan? U o„z ichiga nimalarni qamrab oladi? 
Hozirgi harbiy tuzilmalar davlatlar va ularning ittifoqlari hayoti hamda faoliyatining 
barcha jihatlariga dahldor murakkab ijtimoiy hodisadir. Shu sababli, harbiy fanlarda 
qurolli urushni boshqarish usullarinigina bilish yetarli emas. Harbiy fanlar alohida 
mamlakatlar va ular ittifoqlarining iqtisodiy, siyosiy, ma‟naviy va harbiy 
imkoniyatlariga, ehtimoliy urush maydonining tabiiy va ijtimoiy sharoitiga qiziqadi. 
Bularni o„rganish bilan qator fanlar, jumladan, harbiy geografiya ham shug„ullanadi. 
Harbiy geografiya mamlakatlar va urush maydonlaridagi siyosiy kuchlarni, 
mamlakatlar va davlatlar ittifoqining iqtisodiy va harbiy imkoniyatlarini, ularning 
joylashtirilishini hamda tabiiy sharoitni harbiy faoliyatni olib borish va butun urushga 
ta‟siri nuqtai nazaridan o„rganadi.
Harbiy geografiya ikki asosiy bo„limdan tarkib topgan: harbiy mamlakatshunoslik va 
urush maydonlarini tavsiflash. Shu bilan birga, harbiy geografik tadqiqotlar, odatda, 
mamlakatlarda bo„lib o„tgan yoki ehtimoliy urush maydonlarini ham o„rganadi.
Harbiy mamlakatshunoslikning asosiy vazifasi – o„rganilayotgan davlatlar yoki 
davlatlar ittifoqining harbiy qudratini aniqlashdir. Harbiy kuch-qudrat davlatning 
siyosiy va iqtisodiy tuzilishini, uning qurolli kuchlari tayyorgarligi va kuchli raqibga 
qarshi muvaffaqiyatli harbiy faoliyat olib bora olish qobiliyatini amalga oshiradi.


Davlatning harbiy qudrati darajasi uning iqtisodiyoti bilan bevosita bog„liq. 
Armiyaning barcha tuzilmalari va unda qo„llaniladigan jang usullari, ayni vaqtda, 
g„alaba yoki mag„lubiyat moddiy, iqtisodiy omillarga – inson va qurol materiallariga, 
shuningdek, aholi va texnikaning sifati va miqdoriga bog„liq. Shuning uchun, harbiy 
geografiya alohida mamlakatlarni o„rganishda ularning iqtisodiy salohiyatiga, 
mamlakatlar xalq xo„jaligining o„ziga xosligiga, ularning iqtisodiy va siyosiy 
tuzilmalariga, jamiyat ehtiyojlarini moddiy ta‟minlashning maksimal imkoniyatlariga 
hamda urushni olib borish uchun zarur bo„lgan barcha ishlab chiqarish tarmoqlariga 
alohida e‟tibor qaratadi. Harbiy geografiya mamlakatlar va ularning ittifoqlarini 
o„rganishda quyidagilarga: sanoatning rivojlanish darajasi va ishlab chiqarish 
quvvatiga (asosan, og„ir va harbiy sanoat), qishloq xo„jaligi, transport va aloqaning 
imkoniyatlari; mamlakatlarning tabiiy boyliklar va mehnat resurslari bilan 
ta‟minlanganligi; ishlab chiqarishning geografik joylashish xususiyatlari, aholi va 
zaxiralarning rivojlanganlik darajasi, uning mamlakat moddiy ishlab chiqarishi va 
xalq ma‟naviy hayotiga ta‟siri darajasi; davlatning moliyaviy ahvoli kabi iqtisodiy 
imkoniyatning eng muhim elementlariga qiziqadi.
Mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini aniqlashda harakatsiz (foydalanilmayotgan) 
ishlab chiqarish quvvatlarini, ishchi kuchi zaxiralarini, milliy boylik miqdorini, 
mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirishga ta‟sir etuvchi ba‟zi zaruriy 
imkoniyatlarni hisobga olish lozim. Bu o„rinda, harbiy geografiya mamlakatlarning 
harbiy-iqtisodiy salohiyatini ham o„rganadi. Harbiy-iqtisodiy salohiyat mamlakatlar 
iqtisodiy salohiyatining tarkibiy qismi bo„lib, undan urushlar olib borishda 
foydalanish mumkin. Bir xil umumiy iqtisodiy imkoniyatli mamlakatlardan qaysi 
birida harbiy munosabatlar kuchli bo„lsa, o„sha mamlakat katta harbiy-iqtisodiy 
salohiyatga ega bo„ladi va undan yaxshi foydalaniladi.
L.I.Mechnikov insoniyat tarixida turli tabiiy geografik omillar ta‟sirini o‟rganib, 
buyuk 
daryolar 
sivilizatsiyasi 
yoki 
daryo 
madaniyati 
kontseptsiyasni 
yaratdi.Ye.F.Zyablovskiy o‟z fikrlarida ko‟proq xulq-atvor geografiyasi atamasi 
o‟rnida urf-odat geografiyasi atamasini qo‟llashni lozim deb bilgan. E.G. Milyukov 
jinoyatchilik bilan bog‟liq masalalar ham aynan hulq-atvor geografiyasi tomonidan 
o‟rganilishi zarurligini uqtirib o‟tgan. B.B.Rodoman, V.L.Kaganskiy singari olimlar 
“zehn va fe‟l-atvor landshaft muhitiga, ayniqsa madaniy landshaftlar bilan aloqador” 
ligi borasida o‟z fikr-mulohazalarini bildirdi. K.Zauer - tabiiy va madaniy landshaft-
insonning tashqi muhit bilan o‟zaro muvofiqligini ta‟kidlab o‟tadi. 
Ta‟kidlash joizki, tuproqning turli, hatto siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy 
xususiyatlariga o‟z davrida Fridrix fon Rattsel va Vidal de la Blashlar ham e‟tibor 
qaratishgan. Jumladan, Blash: “Inson – tuproqning ishonchli o‟quvchisidir. Binobarin 


uni o‟rganish aholining xarakteri, urf-odati kabi holatlarini aniqlashga yordam 
beradi”, degan edi. 
XIX asrning oxirlarida Germaniyada F.Rattsel tomonidan antropogeografiyaga 
asos solindi. Olim g‟oyasining negizida geografik determinizm, ya‟ni inson, 
xalqlarning ruxi va jismiga tabiiy muxitning xal qiluvchi ta‟sir etish g‟oyasi yotgan 
edi. Mazkur g‟oya asosida keyinchalik hulq-atvor geografiyasi shakllandi. F.Rattsel 
o‟z qarashlarida muhitning ijtimoiy hayotimizga ta‟sirini to‟rt turga ajratadi va bunda 
tabiiy hamda psixologik ta‟sirni alohida ta‟kidlab o‟tdi. 
1960 yillarda hulq-atvor geografiyasi rivojida Karl Zauer, Dj.K. Rayt va U. 
Kirk singari amerikalik olimlarning xizmatlari katta bo‟ldi. Dj.Rayt hududlar - 
mazkur joyda yashovchi insonlarning mavjud aqliy jihatlariga ham ta‟sir etishi 
borasida o‟z fikrini bildirgan. 

Download 427.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling