IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
256
resurslarining o‗sishi, birinchi navbatda, mamlakatdagi demografik vaziyatga
hamda aholi va ayniqsa mehnatga layoqatli yoshga o‗tayotgan kishilar sonining
tadrijiy o‗sishiga bog‗liq.
Mehnat resurslarining tadrijiy o‗sishi mehnatga layoqatli yoshga yetgan va
shu kategoriyadan chiqib ketayotgan kishilar sonining nisbatiga bog‗liq. Aholi
yuqori sur‘atlar bilan o‗sganda va uning absolyut ko‗payishi ro‗y berganda
mehnatga layoqatli yoshga o‗tayotgan kishilarning miqdori har bir keyingi yilda
mehnat resurslarining tabiiy kamayishidan sezilarli darajada ortiq bo‗ladi, natijada,
mehnat resurslarining soni ko‗payadi, aholi past sur‘atlar bilan o‗sganda esa
buning teskarisi bo‗ladi.
Mehnat resurslaridan foydalanish mehnatning yuqori samaradorligi va
mehnatga layoqatli aholining to‗liq bandligiga erishishni ko‗zda tutadi. Mehnat
resurslaridan samarali foydalanishning asosiy mezoni ijtimoiy mehnat unumdorligi
va uning o‗sish sur‘atlaridir.
Mehnat unumdorligi ko‗p sabablarga (ishlab chiqarishning texnika bilan
jihozlanganligi va mehnatning to‗g‗ri tashkil qilinishiga, ishchilarning malakasiga)
bog‗liq. Ishlab chiqarishning joylashish xususiyatlari va uning kombinatlanishi
darajasi hamda ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirilayotgan tabiiy sharoitlar
ham juda katta ahamiyat kasb etadi. Bu omillar ijtimoiy ishlab chiqarish
geografiyasi bilan bog‗liqdir. U bilan mehnat unumdorligi darajasi o‗rtasida o‗zaro
bog‗liqlikni aniqlash iqtisodiy-geografik tadqiqotlarning muhim masalasidir.
Mehnat resurslaridan foydalanishning muhim mezonlaridan biri – bu
aholining mehnatga faolligi, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‗lgan mehnatga
layoqatli aholining salmog‗idir.
Demografik jarayonlardagi, aholining jinsiy-yosh tarkibi va oilaning katta-
kichikligi, aholi harakatidagi, shuningdek, mehnat malakasidagi, xo‗jalik yuritish
shakllari va aholining hamda aholi manzilgohlarining joylashuvidagi muhim
Do'stlaringiz bilan baham: |